O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi qorovulbozor tuman Xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limiga qarashli


Download 1.03 Mb.
bet2/6
Sana23.12.2022
Hajmi1.03 Mb.
#1049811
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
VATAN- QALBIM QUYOSHISAN

Mavzu: Vatan – qalbim quyoshi.


(3-4-sinflar uchun)
Tadbirning maqsadi:
Vatanning mo’tabar ekanligini o’quvchilar ongiga singdirish. O’zbekiston Respublikasining 1-prezidenti I. A. Karimovning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asaridagi ayrim fikrlarga alohida to’xtalib, mukammal tushuncha hosil qilish orqali milliy istiqlol g’oyasini singdirish.
O’quvchilarda vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, kamtarlik fazilatlarini tarbiyalash. Barkamol inson bo’lib kamol topishlari uchun ularga keng ko’lamda milliy ruhda tarbiya berish.


Tadbir o‘tkazilayotgan joy bayramona ruhda bezatiladi. I. A. Karimov portreti va uning asarlari tasvirlangan plakat va yurtimizning obod shaharlari, ilm maskanlari tasvirlangan rasmlar, turli odob - axloq, Vatanni sevish, ilm olishga da’vat etuvchi shiorlar osiladi.

Tadbirni o’qituvchi boshlab beradi. Sahnaga tadbir ishtirokchilari(30 nafar o’quvchi) chiqishadi. O’quvchilardan ikki nafari boshlovchilik qiladi.
1-boshlovchi:
Assalom, o`zbegim, aziz turonim,
Mustaqil diyorim - O`zbekistonim!
Kelajagi buyuk, ulug` diyorsan
O`zing xon-u said, o`zingga beksan!


2- boshlovchi:
Assalom so`zimning ilk kalomidir
Ta`zimla ko`ksimga qo`yay qo`limni.
Bu mening sizlarga ehtiromimdir
Buyuklar qo`llasin nazmiy yo`limni.
1-boshlovchi:
Shiorimiz: Ona yerning tuprog’i ona sutidan aziz.


2-boshlovchi:
Maqsadimiz:
Qunt bilan o’rganib har bitta fanni,
Shon-shuhratga o’raymiz ona Vatanni!
1-boshlovchi: Bugungi tadbirimizni “Vatan - qalbim quyoshi” deb nomladik.

2-boshlovchi: Barchangiz ushbu tadbirimizga xush kelibsiz .

1-o`quvchi: Vatan-biz tug’ilib o’sgan joy. Vatan bu-oilamiz, maktabimiz, mahallamiz, O’zbekistonimiz. (O’zbekiston haqida qo’shiq ijro etiladi).


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling