OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI HUZURIDAGI
“BARKAMOL AVLOD” RESPUBLIKA BOLALAR MAKTABI
“FLORISTIKA VA FAUNA” TO‘GARAGI
OʻQUV QOʻLLANMASI
Toshkent 2022
Мuallif
|
D.Jumaev
|
“Barkamol avlod”respublika bolalar maktabi ulubiy boʻlim uslubchisi.
|
Taqrizchilar:
|
L.To‘xtayeva
|
“Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi “Ekologiya va o‘lkashunoslik” yo‘nalishi uslubchisi
|
F.Zaripov Xalq taʼlimi vazirligi Taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatni muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi, Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori. Phd.
Ushbu oʻquv qo‘llanma Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi huzuridagi Ilmiy-metodik kengashining 2022-yil 10-avgustdagi 5-sonli navbatdan tashqari yig‘ilish qarori bilan foydalanishga tavsiya etildi.
1.Kirish. “Landshaft dizayni” to‘garagining maqsad va vazifalari.
Landshaft dizayni bugungi kunga kelib eng ommalashgan san’at turlaridan biriga aylanib bormoqda. Chunki bu kasb egalari atrof-muhitni qulay, chiroyli va yuqori did bilan bezash bilan shug‘ullanadi. Landshaft (nem. Land-yer, schaft-manzara) degan ma’noni anglatadi.
“Landshaft dizayni” to‘garagining maqsadi-yosh avlodni ekologik madaniyatli, barkamol qilib tarbiyalash, uning atrof-muhitga ta’sirini o‘rgatish, tabiatdan foydalanish ko‘nikmalarni olgan holda atrof-muhitga mehr-muhabbatli, ekologik madaniyatli, ekologik bilimga ega, estetik didli yosh avlodni tarbiyalashdir. Shuningdek, arxitektura obyektlarini tashqi ochiq muhit bilan garmonik bog‘lash, muhitning sun’iy va tabiiy elementlari orasida uyg‘unlikni ta’minlash va o‘ziga xos tarzda yaratishdir.
Landshaft dizaynini yaratishda turli xil maydonlarni manzarali ko‘kalamzorlashtirish, flora va fitodizayn, mo‘jaz me’moriy shakllar, dekorativ to‘shamalar, tashqi obodonliashtirish elementlaridan faol foydalaniladi. Bugungi kunda, Respublikamizning barcha shahar va tumanlari, qishloqlarida aholining maroqli dam olishi va hordiq chiqarishi uchun ko‘rkam istirohat bog‘lari, xiyobonlar barpo etilmoqda. Landshaft dizayni-obyektlar arxitekturasi va arxitekturaviy-landshaft, tabiatni asrovchi faoliyatlarning o‘zaro hamjamiyatligi, landshaftni o‘zgartirish va asrashning aloqalari masalalarini aniqlash ham muhim ahamiyatga ega.
Landshaft yaratish masalalarini tizimlashtirish o‘zaro kelishuv va ushbu masalalarni yechish tamoyillari va uslublarini aniqlash uchun obyektlarning ilmiy asoslangan tipologiyasiga ega bo‘lish muhimdir.
Landshaft dizayni to‘garagida turli shakllardagi bog‘qaychilar, pichoqlar, arralar, bolta va turli xildagi cho‘tkalar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |