O'zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi namangan viloyati xalq ta`limi boshqarmasi


Mavzu: «Ota va ona haqini bilmak zikrida»


Download 309 Kb.
bet11/12
Sana07.03.2023
Hajmi309 Kb.
#1247466
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5 та мавзу

Mavzu: «Ota va ona haqini bilmak zikrida».
Darsning rejasi:
1. Ota – ona farmonbador.
2. Ota – ona haqi
3. Ekkaningni o'rasan
4. Aql – inson ziynati.
Darsning maqsadi: O'quvchilarga ota – onaning ulug' zot ekanligi, ularni vaqtlarida e'zozlash zarurligini tushuntirish. Kaykovusning «Qovusnoma» nomli asari bilan o'quvchilarni tanishtirish.
Darsning jihozi: Kaykovusning «Qobusnoma» kitobi, matn mazmuniga mos rasmlar, magnitafon, tarqatmalar.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: Asardagi otaning o'z o'g'liga qilgan nasihatlari orqali o'quvchilarga mehr – oqibat, qadr - qimmat, ota – onani qadrlash kabi insoniylik fazilatlarini o'rgatish.
Darsning ta'limiy vazifasi: Matnni o'qitish orqali o'quvchilarning o'qish tezligi va nutq o'stirish malakasini oshirish.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: O'qish malakalarini takomillashtirish, lug'atini boyitish.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi, interfaol dars usuli.
Darsning shiori: Ilmdan yaxshiroq xazina bo'lmas
Qo'lingdan kelgancha yig'a olsang bas.
Darsning borishi: O'qituvchi
Assalomu alaykum,
Parvozga shay lochinlarim .
Mustaqil yurt kelajagi,
Alpomishu, Barchinlarim.
O'quvchilar: Vaalaykum assalom, mehribon ustoz,
Maktab degan qutlug' dargoh,
Muqaddasdir bizga har chog'
Bilim sari boshlar yo'lga,
Aziz quchoq, tanish yo'lka.
O'qituvchi: Rahmat aziz bolalar,
O'tiringlar, marhamat.
Tashkiliy qism:
O'qituvchi: - Bolalar Vatanimiz qayer?
- Mustaqil O'zbekiston.
- Vatan deganda nimani tushunasiz?
- Vatan bu – tug'ilgan makon
- Vatan bu – sizu bizga dahldor zamin.
- Vatan bu – muqaddas beshigim.
- Vatan bu – onamning tunlari bedor aytgan allasi.
- Vatan bu padarimning qilgan duosi.
O'qituvchi:
- Mustaqilik bizga nima berdi?
- Biz yoshlarga bo'lgan e'tibor kuchaydi.
- Yoshlarni ta'lim olishlariuchun katta imkoniyatlar yaratildi.
- Sportga bo'lgan e'tibor kuchaydi.
- Milliy an'ana va qadri yatlarimiz tiklandi.
O'qituvchi: Barakalla bo'limdon bolajonlar.
O'quvchilar bugungi darsimizni quyidagi tartibda olib boramiz.
1. Chaqiriq : Klaster usuli.
2. Anglash : Matnni o'qish
3. Fikrlash: Reja asosida so'zlab berish.
Darsimizni chaqiriq strategiyasining klaster usuli bilan boshlaymiz.
Har bir qator bittadan guruh hisoblanadi. Har bir qatorga 1 tadan so'z beraman. Sizlar «Klaster» usulida shu so'zlar mazmunini yoritib berasiz. Buning uchun 1 daqiqa vaqt beriladi.
1 - qator «Ona»
2 - qator «Ota»
3 – qator «Ustoz»




Har bir guruhdan bittadan o'quvchi chiqib izohlab beradi. Yaxshi izoh bergan qator rahbatlantiriladi.



Download 309 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling