O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Download 3.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/226
Sana19.09.2023
Hajmi3.66 Mb.
#1681074
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   226
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Bolaning ijtimoiylashuvi-uning ijtimoiy hayotga qo’shilishi bo’lib, shu jamiyatda xos 
bilimlar, qadriyatlar, norma-qoidalar, xulq-atvor namunalarini o’zlashtirishdan 
iborat. (M.A..Galaguzova) 
Bolaning ijtimoiy adaptatsiyasi-bolaning ijtimoiy muhit sharoitlariga faol ko’nikishi, 
bolaning ijtimoiy muhit bilan o’zaro munosabatlari turi. 
Bolaning ijtimoiy dezadaptatsiyasi-uning ijtimoiy muhit sharoitlariga muvaffaqiyatli 
ko’nikishiga to’sqinlik qiluvchi ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlarning 
yo’qotilishi. 
Vasiylik-muomalaga layoqatsiz shaxslarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya 
qilish. 
Guruhning ijtimoiy psixologik iqlimi-guruh har bir a’zosining faoliyatiga ta’sir qiluvchi 
guruhdagi munosabatlarning dinamik maydoni. 
Deviant xulq atvor- ijtimoiy yoki axloqiy normalarga mos kelmaydigan xulq-atvor. 
Delinkventlik (ing. “gunohkorlik”)-o’rnatilgan normalarni buzuvchi va huquqbuzarlikka 
olib keluvchi xulq-atvor. 
Denamik steriotip- bosh miya faoliyatining fiziologik shakli bo’lib, inson xatti-harakatining 
shartli reflektor tartibida namoyon bo’ladi. Ularga insonning odatlari, oddiy 
mehnat ko’nikmalari kiradi. 
Yetim bolalar-18 yoshgacha bo’lgan bir yoki ota-onasining ikkisi ham vafot etgan bolalar. 
Yetimlik-jamiyatda ota-onasidan judo bo’lgan bolalarning borligi bilan izohlanadigan
ijtimoiy hodisa. 
Jamoa- ijtimoiy munosabatlar va yagona ijtimoiy faoliyat asosida birlashgan guruh. 
Jinoyat-delinkvent xulq-atvor turi bo’lib, shaxsga, qonun bilan qo’riqlanadigan ob’ektlarga 
tajovuz qiluvchi ijtimoiy havfli xatti-harakat. 
Jinoiy xulq-atvor-jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga yetganda jinoiy ish qo’zg’atishga 
asos bo’luvchi g’ayri huquqiy harakatlar. 
Ijtimoiylashuv-insonning 
butun 
hayoti 
mobaynida 
o’z-o’zini 
o’zgartirish 
va 
rivojlantirishning boshqariladigan va maqsadga yo’naltirilgan jarayoni. 

Download 3.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling