O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/43
Sana03.12.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1798679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Qodirova M. Sanoat va qishloq xo\'jaligi asoslari

tarixiylik turadi. Bu tamoyil makon va zamon birligidan kelib chiqadi. Zero, har 
qanday hodisa ma’lum bir vaqtda va muayyan bir joyda sodir bo’ladi. Tarixiylik 
tamoyilining muhimligini N.N. Baranskiy ham ta’kidlagan. Bu olim:”Mamlakatlar 
va rayonlar iqtisodiy geografik ta’rifini shunday beringki, u oyog’i bilan yerga-
geologiya, geomorfologiya va tuproqshunoslikka, tanasi bilan tarix orqali o’tishi, 
boshi bilan esa siyosat va mafkuraga tayanishi, taqalishi kerak”, deb uqtirgan edi. 
Geografiyada tarixiylik tamoyili tarixiy geografiyaning o’rnini olmasligi lozim. Bu 
yerda tarixiy yondoshuv o’rganilayotgan hodisaning o’tmishiga qisqacha safar 
qilinishini anglatadi, tarixiy geografiya esa, o’tmishning alohida pog’onalarida 
tabiat va xususan, xo’jalik tarmoqlari, aholi va boshqalar qay darajada rivojlangan 
va qanday joylashgan kabi masalalarni tahlil etadi. 
Geografiya fanining tamoyillaridan yana biri ekologik yondoshuvdir. 
Ekologiya o’zining tub mohiyatiga ko’ra organizmlarning ichki o’zaro va tashqi 
muhit bilan aloqadorligini anglatadi. U bu jihatdan geografik dunyoqarashning 
mazmuniga ham ancha mos keladi. Sababi geografiyada barcha voqea va hodisalar 
o’zaro hamda tashqi muhit bilan hududiy munosabatda ko’riladi. Ekologik tamoyil 
ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga qarshi turmaydi. Aksincha bu yerda 
joylashtirish masalalarini ko’proq barcha omil va sharoitlarni atroflicha inobatga 
olgan holda, geografik ekspertiza asosida amalga oshirish hamda zamonaviy 
chiqindisiz , ekologiya nuqtai-nazaridan maqbul va toza texnologiyani joriy 
qilishni hisobga olib hal etish lozim. 
Ijtimoiy geografiyaning yana bir muhim tamoyili demosentrizm yoki 
antroposentrizmdir. Chunki, barcha hududiy iqtisodiy munosabatlar asosida eng 
avvalo inson-moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchisi va ayni paytda ularning 
iste’molchisi joy oladi. Inson avvalgidek, faqat ishlab chiqarish kuchi, uning 
sub’yekti, ishchi kuchi bo’lmay, balki u o’z nomi bilan insondir. Shuning uchun 
inson tabiati, biogeografiyasi, yashash tarsi, urf-odati kabi sof ijtimoiy 
masalalarning hududiy jihatlari ham o’rganilishi lozim. Ishlab chiqarish kuchlarini 
joylashtirishda, ilmiy-texnika taraqqiyoti va boshqalarda inson omili, uning talab 



va ehtiyoji, dunyoqarashi muhin o’rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, demosentrik 
tamoyil ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishda e’tiborga olinishi bilan bir 
qatorda insonning o’zi ham ahamiyatdan xoli emas. Shunday qilib, hududiylik, 
komplekslilik, tarixiylik, ekologiya hamda demosentrik yondoshuvlar ijtimoiy 
geografiyaning mustaqilligi va mustahkamligini, barqaror va qat’iyligini 
ta’minlaydi. Shu bilan birga bu asosiy prinsiplar alohida-alohida emas, balki 
birgalikda kuchli, ta’sirchan bo’ladi. 
Har bir fanning o’rganish ob’yekti va predmeti bo’ladi. Ob’yekt bu keng 
ma’nodagi tushuncha bo’lib, u birgina fan uchun emas, balki bir necha fanlar 
uchun xizmat qiladi. Har qanday fan shu ob’yektning o’ziga xos voqea-hodisalarni 
o’rganishi shu fanning predmeti hisoblanadi. Sanoat va qishloq xo’jalik 
geografiyasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning bir qismi bo’lib, uning o’rganish 
predmeti sanoat va qishloq xo’jaligining shakllanishi va rivojlanishi, sanoat va 
qishloq xo’jalik tarmoqlarining joylashishi omilini va shu bilan birgalikda sanoat 
ichida va qishloq xo’jalik, transport tarmoqlari o’rtasida vujudga kelgan hududiy 
ishlab chiqarish majmualarini vujudga kelishini nazariy asoslarini o’rgatuvchi 
fandir. 
Hozirgi paytda respublikaning mustaqilligi munosabati bilan xalq xo’jaligi 
tarmoqlarini takomillashtirishni taqozo etib turgan bir paytda hududning tabiiy 
demografik, ijtimoiy va moddiy imkoniyatlarini va sharoitlarini o’rganish katta 
ahamiyatga ega. Ma’lumki, fanimiz sanoat va qishloq xo’jaligini rivojlantirish 
masalalari bilan shug’ullanar ekan, unga hamisha majmuali yondashishimiz kerak. 
Shuning uchun tabiiy geografik sharoit, xalq xo’jalik tarmoqlari, aholi, ijtimoiy 
ishlab chiqarish, transport infrastrukturasidagi aloqadorlik va o’zaro ta’sirni 
o’rganishga katta e’tibor berishni taqozo qiladi. 
Yuqorida ko’rsatilgan predmet va tushunchalarni o’rganish uchun iqtisodiy 
va ijtimoiy geografiyada bir necha metodlardan foydalanishimiz mumkin. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling