O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/43
Sana03.12.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1798679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Qodirova M. Sanoat va qishloq xo\'jaligi asoslari

1. 
Tarixiy metod. Har bir fanda qo’llanilganligi kabi sanoat va qishloq 
xo’jalik asoslari fanida ham ishlatiladi. Ma’lum bir hududda sanoat tarmoqlarining 
joylashishi va tarqalishining tarixiy rivojlanishini, qishloq xo’jaligi tarmog’ining 
tabiiy-geografik sharoit natijasida bunyod etilishi va takomillashishini tarixiy 
jihatdan o’rganadi. 
2. 
Statistik metod. Statistika usuli ko’p uchrashib turadigan 
ko’rsatkichlar: o’sish, ko’payish, foiz, promille, indeks, koeffitsiyent, guruhlash va 
boshqalar to’g’risida malaka hosil qilishga yordam beradi. Shuningdek, bu usul 
turli xil jadvallar, grafik yoki chizmalar, aholi zichligi, demografik sig’im, o’rtacha 
masofa kabi ko’rsatkichlarni aniqlashda qo’l keladi. Statistik usul tadqiqot 
doirasidagi barcha ma’lumotlarni turli manbalardan to’plash, ularni 
umumlashtirish, qayta ishlash va tahlil etish kabi murakkab va mas’uliyatli 
jarayonlarni o’z qamroviga oladi. 
3. 
Modellashtirish metodi. Geografiyada modellashtirish metodi keng 
qo’llaniladi. Modellashtirishda hodisa yoki voqelik umumlashtirilib, ma’lum bir 
ko’rinishda aks ettiriladi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, turli mashtab va 
mazmundagi kartalar geografik modellarning mukammal shaklidir. Shuningdek, 
matematik formulalar, grafik va jadvallarda ham fikr, hodisa yoki jarayon 



”miniatyura” ko’rinishida o’z aksini topadi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada 
qo’llaniladigan grafiklarning turi ham har xil. Chunonchi, ular tik to’g’ri burchak, 
ustunsimon, voronkasimon, piramidasimon, konus, xalqa, aylana, uchburchak, 
to’rtburchak, kubik kabi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. 
4. 
Taqqoslash metodi. Har bir hududning sanoatga yoki ma’lum bir 
tarmoqlariga aniq baho berishda shu tarmoqning rivojlanganligi va iqtisodiy 
jihatdan unumdorligini boshqa hudud tarmoqlariga nisbatan solishtirish orqali 
uning takomillashganini aniqlash mumkin. Geografik taqqoslash hamma vaqt 
hududiy va ikki ko’rinishda bo’ladi: o’xshash va noo’xshash taqqoslashlar. Odatda, 
birinchisi an’anaviyroq, bu yerda umumiy holatlari, ko’lami, vazifa va mohiyati 
monand bo’lgan ob’yektlar solishtiriladi. Ikkinchi holda esa taqqoslanuvchi 
ob’yektlar o’zlarining katta-kichikligi, vazifasi, mohiyati va boshqa jihatlariga 
ko’ra bir-birining teskarisi bo’ladi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling