O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/43
Sana03.12.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1798679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Qodirova M. Sanoat va qishloq xo\'jaligi asoslari

5. 
Tizim-tarkib metodi. Murakkab ob’yektlarni-tarmoq yoki hududiy 
birliklarni tahlil va tashhis etishda, ularni bashorat qilishda tizim-tarkib usuli 
samarali natija beradi. Tizim bir ob’yektning bir butunligini, tarkib esa mana shu 
butunlikni yuzaga keltirgan qismlardan iborat.Tizimlar, tarkibiy qism yoki 
komponentlarda, ular o’z navbatida elementlardan tashkil topadi. Elementlar 
birlamchi bo’lib, ular tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda boshqa 
bo’linmaydi, parchalanmaydi. 
6. 
Kartografik metod orqali sanoat va qishloq xo’jalik tarmoqlarining 
hudud bo’yicha oqilona joylashtirishda ahamiyati katta. Bu fanni o’rganishda 
ushbu metod qo’llanma sifatida ish yuritadi. 
7. 
Ekstropolyatsiya-bashorat metodining asosiy sharti o’tmishdagi 
rivojlanish tendensiyasini kelajakka qo’yib o’rganadi, lekin bu metod har doim 
ham ham oqlanmaydi, chunki tashqi ta’sir e’tiborga olinmaydi. Ekstropolyatsiya 
metodida kelajakda ham yaqin o’tmishdagi holat, jarayon saqlanib qolinishi faraz 
qilinadi. Bunda kelajak, ya’ni bashorat muddatining o’tmish davriga imkoni 
boricha mos kelishi maqsadga muvofiqdir. Bashorat 10-15 yilga qilinadi. 
 
Savol va topshiriqlar: 
1. 
Iqtisodiy-ijtimoiy geografiyaning o’rganish ob’yekttini ajrating. 
2. 
Geografiya fanlarining asosiy tamoyillarini sanab bering. 
3. 
Sanoat va qishloq xo’jaligi asoslari fanining maqsad va vazifalarini 
ajrating. 
4. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada qo’llaniladigan tadqiqot metodlarini 
sanab bering. 
 
Mavzu: Sanoat va qishloq xo’jaligining iqtisodiyotda tutgan o’rni va 
ahamiyati 
Reja: 
1. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va shakllanishi. 
2. Mamlakat iqtisodiyotida sanoatning tutgan o’rni. 
3. Qishloq xo’jaligi milliy iqtisodiyotning ustivor yo’nalishi. 




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling