O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


O‘sib kelayotgan har bir yoshning muntazam jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi


Download 490.5 Kb.
bet20/62
Sana12.11.2023
Hajmi490.5 Kb.
#1768706
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturi

O‘sib kelayotgan har bir yoshning muntazam jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi:

  • Butun kun davomida yaxshi kayfiyatda bo‘lishini;

  • O‘qishi sifatli va unumli, ijodiy faoliyati kuchli bo‘lishini;

  • Asablar tizimi muvozanatlashib, bosiq, o‘yli, mulohazali bo‘lishini;

  • Faollik, tashabbuskorlik, masalaga jur’atlilik bilan kirishish, qiyinchilikdan, og‘ir mehnatdan qo‘rqmaslik, o‘rtoqlik va do‘stlik hissiyotlarini shakllantirishini;

  • Muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish gigiyenik ko‘nikmalarning shakllanishiga olib kelishini;

  • Teri osti va ichki a’zolarga to‘plangan yog‘lar kamayib, ixcham, epchil, chaqqon bo‘lishini;

  • Mushaklar tortishib, qomati ko‘rkam va kelishgan bo‘lishini;

  • Tomirlarda qonning oqishi yaxshilanib, butun tana va a’zolarga kislorod hamda oziqlarning borishi yaxshilanishini;

  • Organizmning himoya qobiliyati oshishini;

  • Tengqurlariga nisbatan ancha yosh, ko‘rkam, ishchan va sog‘lom bo‘lishin ta’minlaydi.

Jismoniy sog‘lomlashtirish usullari orasida ertalabki badan tarbiya qulayligi va ommaviyligi bilan ahamiyatga ega.
Ertalabki badantarbiya butun tanani uyg‘otadi, modda almashinuvini kuchaytiradi, butun tanaga rohat bag‘ishlaydi, kayfiyatni ko‘taradi, nimjonlikni va karaxtlikni yo‘qotishga yordam beradi.
Ertalabki badantarbiya imkon darajasida har kuni o‘z vaqtida ochiq havoda o‘tkazilsa, yaxshi samara berish bilan birga kun mobaynida teranlikni va o‘qish qobiliyatini oshishini ta’minlaydi.
Insonga xos erinchoqlik sabab – aksari yoshlarimiz o‘zlari uchun foydali bo‘lgan jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish o‘rniga - qimmatli vaqtlarini televizor, kompyuter qarshisida har xil ko‘rsatuvlar ko‘rib, turli ichimliklar ichib “dam olishga” sarflashni afzal ko‘radilar. Natijada ular bunday kamharakatlilik oqibatida kelib chiqadigan turli kasalliklarga duchor bo‘lib, o‘zlari ko‘zlagan maqsadlarga yetolmay qoladilar.
Harakatlar qanday tarzda boʻlmasin, ular badan qismlari va a’zolarining faol ishlashi hisobiga energiya sarf bo‘lishi bilan bog‘liq. Har bir insonning kundalik hayotiga kirishi zarur bo‘lgan harakat turlari:

  • Sport o‘yinlari;

  • Raqs to‘garaklariga qatnashish;

  • Yoga mashqlari bilan shug‘ullanish;

  • Ushu, karate, taekvando;

  • Suzish;

  • Jismoniy tarbiya (fizkultura) va hokazo.

Bugungi yoshlar ertaga mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarini o‘z qo‘liga oladigan, bugungi niyatlarimizni ro‘yobga chiqaradigan kishilardir. Ular har tomonlama yetuk, shu jumladan jismonan sog‘lom bo‘lishlari ham muhim.


Download 490.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling