O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Download 490.5 Kb.
bet22/62
Sana12.11.2023
Hajmi490.5 Kb.
#1768706
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturi

Qo‘llarni yuvish
Ko‘plab infeksiyalar boshqa odam yoki buyumlarni tegib, so‘ng o‘z yuzingiz va qo‘lingizni tegish orqali o‘tadi. Ayrim infeksiyalar avval kasal odamlarning qo‘li tekkan ovqat orqali o‘tadi.
Qo‘l va bilaklarni yaxshilab sovunlab yuvib, tirnoqlarni, ular kir bo‘lsa, maxsus cho‘tkada tozalash lozim. Yuvilganidan so‘ng qo‘llarni quritib olish kerak, masalan, uy sharoitida sochiq yordamida, uydan tashqarida esa maxsus quritgich yoki qog‘oz sochiqlardan foydalaning.
Qo‘llar qachon yuviladi:

  • Ovqat tayyorlashdan oldin va uni iste’mol qilgandan so‘ng;

  • Hojatxonadan chiqqanda;

  • Yo‘talayotgan yoki shamollagan biron shaxs bilan muloqotdan so‘ng;

  • It yoki boshqa hayvonlarni silagandan keyin;

  • Xom go‘shtni ushlaganingizdan so‘ng (xom go‘shtni to‘g‘ragan taxtani ham yaxshilab yuvib oling);

  • Jamoat transportidan foydalanganingizdan so‘ng.

Badan hidi
Yoqimsiz hidning oldini olish uchun tez-tez yuvinib, kirlarni ham o‘z vaqtida yuvish lozim. Ayniqsa qo‘ltiqlar va oyoq tozaligiga e’tibor qaratmoq darkor. Dezodorantdan foydalaning, lekin antiprespirantlarni ko‘p ham ishlatavermang, negaki ular tarkibida zararli moddalar bo‘lib, ular terning tabiiy ajralib chiqish jarayoniga to‘sqinlik qiladi. Ko‘plab antiprespirantlar tarkibiga alyuminiy qo‘shiladi, u esa miyada yig‘ilib qolishi mumkin.


Og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi va og‘izdagi yoqimsiz hid
Og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi tishlarni tish cho‘tkasi yordamida muntazam tozalash va tish iplaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Tishlarni kuniga ikki mahal tish cho‘tkasi va pastasi yordamida tozalash lozim (nonushtadan so‘ng va kechki ovqatdan so‘ng). Tishlarni kamida ikki daqiqa davomida aylanma harakatlar bilan tozalang. Bunda siz tishlar yuzasida yig‘ilgan qatlamdan yoki tishlarning yemirilishiga olib keluvchi ko‘rinmas pardadan halos bo‘lasiz.
Og‘izdagi yoqimsiz hid kelib chiqishiga ko‘pincha tish yoki milk kasalliklari, shuningdek badanimizdan og‘iz orqali chiqayotgan zaharli moddalar sabab bo‘ladi.
Og‘izdagi yoqimsiz hid ayrim mahsulotlar, masalan, xom piyoz yoki kofeni iste’mol qilganda ham kelib chiqishi yoki organizmdagi ayrim muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:

  • Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga rioya qilmaslik

  • Tishlar bo‘shlig‘i

  • Tomoq infeksiyalari yoki sinusit (burun bitishi)

  • Milklar kasalliklari

  • Chekish

  • Ichkilikbozlik

  • Giyohvandlik

  • Noto‘g‘ri ovqatlanish

  • Hazm qilishdagi muammolar

Og‘izdagi yoqimsiz hidning oldini olish uchun og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga rioya qilish lozim. Har kuni tishlaringizni tish iplari yordamida tozalang va tomog‘ingizni namakob bilan chaying. Tish yoki milklarda muammolar paydo bo‘lganda, darhol tish shifokoriga murojaat eting, negaki bu muammolar shunchaki o‘tib ketmaydi!

Download 490.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling