O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Yuz terisi gigienasi (parvarishi)


Download 490.5 Kb.
bet24/62
Sana12.11.2023
Hajmi490.5 Kb.
#1768706
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturi

Yuz terisi gigienasi (parvarishi)
Yuzni, tishni har kuni yuvganimizdek, qiz bola har kuni ertalab va kechqurun yuvish kerak. Bunda suv iliq bo‘lishi kerak, yuzni juda issiq yoki juda sovuq suv bilan yuvish yuz terisi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, husnbuzarlar kabi har xil toshmalar toshishi mumkin. O‘smirlik davrida muammoli yuz terisini parvarishlash uchun juda ko‘p kosmetik vositalar mavjud. Lekin eng yaxshisi, to‘g‘ri va individual vositani tanlash uchun dermatolog shifokoriga murojaat qilish kerak.
Qo‘ltiq osti parvarishi
Qiz bola organizmidagi o‘zgarishlar sababli qo‘ltiq ostida tuklar paydo bo‘lishi va juda kuchli ter ajralishi kuzatilishi va kuchli hidlanishi mumkin. Juda yoqimsiz xid kelishi qo‘ltiq osti sohasida zamburug‘li mikroorganizlarning ko‘payishi oqibatida ham bo‘ladi. Tanadan har xil badbo‘y hidlar kelmasligi uchun muntazam ravishda har kuni dush qabul qilish kerak (yozda kuniga ikki mahal) va undan so‘ng dezodarantdan foydalanish kerak. Ter qo‘ltiq ostidagi tuklar orasida saqlanib qolish xususiyatiga ega, shuning uchun bir martalik ustara bilan yoki depilyatsiya orqali qo‘ltiq ostidagi tuklarni olib tashlash tavsiya etiladi.
Oyoqlar parvarishi
Nafaqat qo‘ltiq ostida balki oyoqlarda kuchli terlash kuzatilishi mumkin. Shuning uchun oyoqlarda hid kelmasligi va zamburug‘ kasalliklari rivojlanmasligi uchun, muntazam ravishda har kuni oyoqlarni yuvish, paypoqlarni har kuni almashtirish va oyoq kiyimini tozaligi va quruqligiga e’tibor berish kerak. Iloji boricha tabiiy teridan ishlab chiqarilgan oyoq kiyim kiyish lozim.
O‘g‘il bolaning shaxsiy gigienasi
Organizmning jadal shakllanishi va gormonal o‘zgarishlar davrida o‘g‘il bolaning shaxsiy gigiyenasi dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoladi. O‘zgarayotgan organizmning sog‘ligi haqida qayg‘urar ekanmiz, o‘g‘il bola organizmining bu davrda shakllanishi va shaxsiy gigienasi haqida bilishimiz zarur.
Endi esa o‘smir o‘g‘il bola shaxsiy gigienasining asosiy qoidalarini ko‘rib chiqamiz.



Download 490.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling