O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Download 490.5 Kb.
bet23/62
Sana12.11.2023
Hajmi490.5 Kb.
#1768706
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturi

Qiz bolaning shaxsiy gigiyenasi
Organizmning jadal shakllanishi va gormonal o‘zgarishlar davrida qiz bolaning shaxsiy gigienasi dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoladi. O‘zgarayotgan organizmning sog‘lig‘i haqida qayg‘urar ekanmiz, qiz bola organizmining bu davrda shakllanishi va shaxsiy gigienasi haqida bilishimiz zarur.
Endi esa o‘smir qizlar shaxsiy gigienasining asosiy qoidalarini ko‘rib chiqamiz.
Qo‘l tozaligi va parvarishi
Avvalo esda tutishimiz kerakki, qo‘llarimizni doimo ozoda saqlashimiz, shuningdek ko‘chadan uyga kirganda, ovqatlanishdan oldin va keyin, uy hayvonlari bilan muloqotdan keyin, hojatxonaga borgandan keyin va undan tashqari, individual gigienik vositalardan foydalanishimizdan oldin muntazam ravishda qo‘llarimizni yuvishimiz kerak. Undan tashqari tirnoqlar ostida mikroblar yig‘ilmasligi uchun, tirnoqlarni muntazam olishimiz kerak, qo‘llardagi tirnoqlarni haftada 1 marta, oyoqlardagini esa 2-3 haftada bir marta olib turishimiz zarur.
Yuqorida keltirilgan qo‘l yuvish qoidalarini do‘stlaringizga ham o‘rgating.


Og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi va og‘izdagi yoqimsiz hid
Og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi tishlarni tish cho‘tkasi yordamida muntazam tozalash va tish iplaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi.
Tishlarni kuniga ikki mahal tish cho‘tkasi va pastasi yordamida tozalash lozim (nonushtadan so‘ng va kechki ovqatdan so‘ng). Tishlarni kamida ikki daqiqa davomida aylanma harakatlar bilan tozalang. Bunda siz tishlar yuzasida yig‘ilgan qatlamdan yoki tishlarning yemirilishiga olib keluvchi ko‘rinmas pardadan halos bo‘lasiz.
Og‘izdagi yoqimsiz hid kelib chiqishiga ko‘pincha tish yoki milk kasalliklari, shuningdek badanimizdan og‘iz orqali chiqayotgan zaharli moddalar sabab bo‘ladi.
Og‘izdagi yoqimsiz hid ayrim mahsulotlar, masalan, xom piyoz yoki kofeni iste’mol qilganda ham kelib chiqishi yoki organizmdagi ayrim muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:

  • Og‘iz bo‘shlig‘i gigienasiga rioya qilmaslik

  • Tishlar bo‘shlig‘i

  • Tomoq infeksiyalari yoki sinusit (burun bitishi)

  • Milklar kasalliklari

  • Chekish

  • Ichkilikbozlik

  • Giyohvandlik

  • Noto‘g‘ri ovqatlanish

  • Hazm qilishdagi muammolar

Og‘izdagi yoqimsiz hidning oldini olish uchun og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga rioya qilish lozim. Har kuni tishlaringizni tish iplari yordamida tozalang va tomog‘ingizni namakob bilan chaying. Tish yoki milklarda muammolar paydo bo‘lganda, darhol tish shifokoriga murojaat eting, negaki bu muammolar shunchaki o‘tib ketmaydi!
Soch gigienasi
Sochni haftada bir marta yuvib turish zarur. Sochingizni holatiga qarab, soch terisini quruq, yog‘li, normal bo‘lishiga moslab sochga ishlatiladigan shampunlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Soch terisini oziqlantirish uchun soch terisiga kefir, qaymoq, maydalangan xina, bodom yog‘i surtib 30 daqiqadan so‘ng yuvib tashlanadi. Bu sochlaringizga jilo berib, soch terisini oziqlantiradi.
Teri gigienasi
Barchaga ma’lumki, jismimizni ko‘p qismi teri bilan qoplangan. Bizni vujudimiz o‘pka orqali nafas olishdan tashqari, teri orqali ham nafas oladi. Shuning uchun terini tozaligi katta ahamiyatga ega. Teri toza bo‘lishi uchun imkoniyat darajasida har kuni dush qabul qilish lozim. Haftada bir marta hammomda cho‘milish kerak. Bu teridagi har xil bakteriya, mikroblarni tozalashga yordam beradi.

Download 490.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling