O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik resrublika tashxis markazi


Mashgʻulotning tarbiyaviy maqsadi


Download 136.72 Kb.
bet8/25
Sana09.06.2023
Hajmi136.72 Kb.
#1474268
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
O‘QUVCHILARINI KASB HUNARGA YO‘NALTIRISH YUZASIDAN TO‘GARAK MASHGʻULOTLARI

Mashgʻulotning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarni Ona-Vatanga muhabbat va milliy iftihor tuygʻusi ruhida tarbiyalash. Har bir soha kasb egalarining jamiyatda tutgan o‘rni, jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy foydali mehnatning ahamiyati haqida suhbatlashish. Ularni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb qilish.
Mashgʻulotning rivojlantiruvchi maqsadi: O‘quvchilarda mustaqil kasb tanlashga ijobiy munosabatini, qiziqish hamda ehtiyojini shakllantirish. Turli kasb egalarining inson kamolotidagi ahamiyati haqidagi tushunchalarini rivojlantirish. Mustaqil fikrlash ko‘nikmasini rivojlantirish.

Mashgʻulotning kasbga yo‘naltiruvchi maqsadi: O‘quvchilarning o‘z kasbining ustasi bo‘lishga o‘rgatish, kasblarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish.
Mashgʻulot uchun jihozlar: tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar.
Mashgʻulot turi: o‘yin, bahs-munozara, savol-javob Mashgʻulotning davomiyligi: 45 daqiqa

1. Individual o‘yin-“Professional Expert” tanlovi


Har bir o‘yin qatnashchisi, avvalgi mashgʻulotda eslab qolgan kasblar nomini aytib chiqadi. Agar biron o‘quvchi avvalgi mashgʻulotda qayd etilgan kasblar nomini eslay olmasa, u holda u o‘yindan chiqadi. Agar qatnashuvchi kasb nomini emas, balki lavozim nomini (vazir, direktor, boshliq,) aytsa, u holda bunday javoblar qabul qilinmaydi. O‘yin ishtirokchilarning soni 1 ta qolgunga qadar davom etadi. Gʻolib o‘quvchiga sovgʻa beriladi.

2. O‘yin-improvizatsiya “Lotereya”


Ishtirokchi kasb nomlari yozilgan kartochkalardan birini tanlaydi. Tayyorgarliksiz ushbu kasb haqida, uning mohiyati va kasb egasining vazifalari haqida gapirib beradi. Agar ushbu kasb egasi bir kun ishga bormay qolsa, qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lishini tasavvur qiladi va aytib beradi. Ishtirokchilar soni 5-6 ta bo‘lishi mumkin. O‘yin tugagach ishtirokchilarga quyidagi mazmunda savol beriladi.
Siz ushbu kasblar haqida qo‘shimcha qilib yana nimalarni ayta olasiz? Ushbu kasblardan birini egallashni xohlarmidingiz?
Nima uchun?

Download 136.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling