O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik resrublika tashxis markazi
Download 136.72 Kb.
|
O‘QUVCHILARINI KASB HUNARGA YO‘NALTIRISH YUZASIDAN TO‘GARAK MASHGʻULOTLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashgʻulotning rivojlantiruvchi maqsadi
- Mashgʻulot turi
Mashgʻulotning ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan bilimlar berib, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. O‘quvchilarning kasblar to‘gʻrisidagi bilimlarini kengaytirish va mustahkamlash.
Mashgʻulotning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarda ijodiy hamkorlik munosabatlarini shakllantirish. Har bir kasbning shaxs kamoloti va jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyati haqida suhbatlashish. Ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash. Mashgʻulotning rivojlantiruvchi maqsadi: Guruhlarda islash ko‘nikmalarini rivojlantirish. Kasb tanlashga mulohaza bilan yondashishni shakllantirish. Mashgʻulotning kasbga yo‘naltiruvchi maqsadi: O‘quvchilarga kasb tanlashda o‘z imkoniyqtlarini to‘gʻri baholay olishga o‘rgatish. Mashgʻulot uchun jihozlar: mavzuga oid rasmlar, vatman qogʻozi, rangli qalamlar. Mashgʻulot turi: hamkorlikda ishlash, bahs-munozara, savol-javob. Mashgʻulotning davomiyligi: 45 daqiqa O‘qituvchi (boshlovchi) o‘quvchilarni mashgʻulotning maqsadi va uning tartibi bilan tanishtiradi. Sinf o‘quvchilari ushta guruhga bo‘linadi. O‘qituvchi har bir guruhga o‘zlari yaxshi bilgan va hozirgi kunda jamiyat uchun muhim hisoblangan kasblar ro‘yhatini tuzishlari kerakligini aytadi. Ro‘yhatdagi kasblar soni 12-15 tadan iborat bo‘lishi kerak. Kasblar ro‘yxati vatman qogʻoziga yoziladi. Ma’lum vaqt o‘tgach sinf doskasiga ilib qo‘yiladi. Har bir guruhdan bir yoki ikkitatadan o‘quvchi taqdimot qilish uchun tanlab olinadi. Ular taqdim etilgan kasblar haqida, ularning mazmuni, qo‘llanilishi va ularga bo‘lgan talab va ehtiyojlar to‘gʻrisida o‘z fikrlarini aniq ifoda eta olishlari kerak bo‘ladi. O‘quvchilar har bir kasbning inson va jamiyat uchun zarur va muhim ekanligini tushuntiradilar. Ularning fikrlariga qo‘shilmagan ba’zi o‘quvchilar o‘zlarining fikrlarini bildiradilar. Natijada sinfda bahs-munozara vujudga keladi. Bu munozarani o‘qituvchi boshqarib boradi. Har bir guruh ishtirokchilari o‘z taqdimotlarini yakunlanadi va muhokama qilinadi. So‘ng o‘qituvchi kasblar to‘gʻrisidagi ma’lumotlarni umumlashtiradi. Kasblarning jamiyatda va kishi hayoti faoliyatidagi ahamiyati, ehtiyoji va zarurligi haqida so‘z yuritadi. Masalan, turli sohalardagi kasblarning muhim xususiyatlarini tushuntiradi: -qishloq xo‘jaligi sohasidagi kasblar (oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun); -sanoat ishlab chiqarishi sohasidagi kasblar (asboblar, dastgohlar, uskunalar, dastgohlar va boshqalarni yaratish uchun); -maishiy, transport, tibbiy xizmatlar sohasidagi kasblar (do‘konlarda, sartaroshxonalarda, kafelarda, transportda, kasalxonada xizmat ko‘rsatish uchun); -arxitektura va qurilish sohasidagi kasblar (turar-joy binolari, binolar, ofislar, sport stadionlari va boshqalarni qurish uchun); -aloqa, radio va telekommunikatsiya sohasidagi kasblar (telefon, telegraf, radio aloqa, televizion eshittirish, internet aloqalari va boshqalar). Taqdimotdan so‘ng har bir kichik guruhdan eng faol o‘quvchilar aniqlab olinadi. Eng faol ishtirokchilarga ragʻbatlantiruvchi sovgʻalar (kitoblar, daftar va qalamlar, risolalar, mavzuga oid axborotlarga ega kompyuter disklari) beriladi. Download 136.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling