O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik resrublika tashxis markazi


-mavzu. Hayotiy qadriyatlar va kasb tanlash


Download 136.72 Kb.
bet12/25
Sana09.06.2023
Hajmi136.72 Kb.
#1474268
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
O‘QUVCHILARINI KASB HUNARGA YO‘NALTIRISH YUZASIDAN TO‘GARAK MASHGʻULOTLARI

6-mavzu. Hayotiy qadriyatlar va kasb tanlash.


Mashgʻulotning ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan bilimlar berib, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. “Qadriyatlar”, “Hayotiy qadriyatlar” tushunchalarini berish. O‘quvchilarning kasblar to‘gʻrisidagi bilimlarini kengaytirish va mustahkamlash.
Mashgʻulotning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarda ijodiy hamkorlik munosabatlarini shakllantirish. Har bir kasbning shaxs kamoloti va jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyati haqida suhbatlashish. Mehnatga, mehnat ahliga hurmatni tarbiyalash.
Mashgʻulotning rivojlantiruvchi maqsadi: O‘quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash. Mukammal kasbiy rejalarni tuzish ko‘nikmalarini shakllantirish. Mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
.
Mashgʻulotning kasbga yo‘naltiruvchi maqsadi: O‘quvchilarning o‘z kasbining ustasi bo‘lishga o‘rgatish, kasblarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish Mashgʻulotning borishi: 45 daqiqa
Mashgʻulot uchun jihozlar: tarqatma materiallar, mavzuga oid rasmlar. Mashgʻulotturi: suhbat, savol-javob (anketa savollari bilan ishlash) O‘qituvchi mavzuni suhbat tarzida boshlaydi.
Qadriyat-bu voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushunchadir. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar, masalan: erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, ma’rifat, haqiqat, yaxshilik, go‘zallik, moddiy va ma’naviy boyliklar, an’ana, urf-odat va boshqalar qadriyat hisoblanadi. Demak, qadriyatlar-bu inson hayotiga mazmun-mohiyat beradigan ne’matlardan biridir.

“Hayotiy qadriyatlarni o‘rganish bo‘yisha anketa-so‘rovnomasi”


Ko‘rsatma. Odamlar o‘z hayoti davomida muhim deb hisoblaydigan narsalar keltirilgan. Siz ushbu fikrlarga o‘z munosabatingizni bildiring. Buning uchun berilgan jumlalarning har birining qarshisiga sizning fikringizga mos kelish darajasiga qarab 1, 2, 3, 4, 5 raqamlarni qo‘ying.
1-bu fikrga mutlaqo qo‘shilmayman
2-bu fikrga qo‘shilmayman
3-aytish qiyin;
4-bu fikrga qo‘shilaman 5-mutlaqo qo‘shilaman.

Download 136.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling