O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Download 0.56 Mb.
bet24/61
Sana12.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1699714
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturiAAA

Soch gigienasi; Sochni haftada bir marta yuvib turish zarur. Sochingizni holatiga qarab, soch terisini quruq, yog‘li, normal bo‘lishiga moslab sochga ishlatiladigan shampunlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Soch terisini oziqlantirish uchun soch terisiga kefir, qaymoq, maydalangan xina, bodom yog‘i surtib 30 daqiqadan so‘ng yuvib tashlanadi. Bu sochlaringizga jilo berib, soch terisini oziqlantiradi.
Teri gigienasi;Barchaga ma’lumki, jismimizni ko‘p qismi teri bilan qoplangan. Bizni vujudimiz o‘pka orqali nafas olishdan tashqari, teri orqali ham nafas oladi. Shuning uchun terini tozaligi katta ahamiyatga ega. Teri toza bo‘lishi uchun imkoniyat darajasida har kuni dush qabul qilish lozim. Haftada bir marta hammomda cho‘milish kerak. Bu teridagi har xil bakteriya, mikroblarni tozalashga yordam beradi
Yuz terisi gigienasi (parvarishi) ;Yuzni, tishni har kuni yuvganimizdek, qiz bola har kuni ertalab va kechqurun yuvish kerak. Bunda suv iliq bo‘lishi kerak, yuzni juda issiq yoki juda sovuq suv bilan yuvish yuz terisi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, husnbuzarlar kabi har xil toshmalar toshishi mumkin. O‘smirlik davrida muammoli yuz terisini parvarishlash uchun juda ko‘p kosmetik vositalar mavjud. Lekin eng yaxshisi, to‘g‘ri va individual vositani tanlash uchun dermatolog shifokoriga murojaat qilish kerak.
Qo‘ltiq osti parvarishi
Qiz bola organizmidagi o‘zgarishlar sababli qo‘ltiq ostida tuklar paydo bo‘lishi va juda kuchli ter ajralishi kuzatilishi va kuchli hidlanishi mumkin. Juda yoqimsiz xid kelishi qo‘ltiq osti sohasida zamburug‘li mikroorganizlarning ko‘payishi oqibatida ham bo‘ladi. Tanadan har xil badbo‘y hidlar kelmasligi uchun muntazam ravishda har kuni dush qabul qilish kerak (yozda kuniga ikki mahal) va undan so‘ng dezodarantdan foydalanish kerak. Ter qo‘ltiq ostidagi tuklar orasida saqlanib qolish xususiyatiga ega, shuning uchun bir martalik ustara bilan yoki depilyatsiya orqali qo‘ltiq ostidagi tuklarni olib tashlash tavsiya etiladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling