O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Yuz terisi gigienasi (parvarishi)


Download 0.56 Mb.
bet26/61
Sana12.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1699714
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturiAAA

Yuz terisi gigienasi (parvarishi)
Yuzni, tishni har kuni yuvganimizdek, yuzni har kuni ertalab va kechqurun yuvish kerak. Bunda suv iliq bo‘lishi kerak, yuzni juda issiq yoki juda sovuq suv bilan yuvish yuz terisi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, husnbuzarlar kabi har xil toshmalar toshishi mumkin. O‘smirlik davrida muammoli yuz terisini parvarishlash uchun, eng yaxshisi, to‘g‘ri va individual vositani tanlash uchun dermatolog shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘ltiq osti parvarishi.
O‘g‘il bola organizmidagi o‘zgarishlar sababli qo‘ltiq ostida tuklar paydo bo‘lishi va juda kuchli ter (hidi) ajralishi kuzatilishi mumkin. Tanadan har xil badbo‘y hid kelmasligi uchun muntazam ravishda yozda 2 mahal va qishda 1 mahal har kuni dush qabul qilish va undan so‘ng dezodarantdan foydalanish kerak. Ter qo‘ltiq ostidagi tuklar orasida saqlanib qolish xususiyatiga ega, shuning uchun bir martalik ustarada qo‘ltiq ostidagi tuklarni olib tashlash tavsiya etiladi.
Oyoqlar parvarishi
Nafaqat qo‘ltiq ostida balki oyoqlarda kuchli terlash kuzatilishi mumkin va o‘g‘il bolada zamburug‘ kassaligi bo‘lishi mumkin, goho shu sababli juda noxush hid keladi. Shuning uchun oyoqlarda hid kelmasligi va zamburug‘ kasalliklari rivojlanmasligi uchun, muntazam ravishda har kuni oyoqlarni yuvish, paypoqlarni har kuni yuvish va almashtirish, oyoq kiyimini tozaligi va quruqligiga e’tibor berish kerak. Krasovkalarni yuvib quritish kerak. Muammo bo‘lsa oyoqlarni tuzli vanna qilib, quritib, keyin Teymurov pastasini (aptekada sotiladi) har kuni to noxush hid ketgunicha surish mumkin.

Oila a’zolari uchun gigienik tavsiyalar:
Har bir oila a’zosida alohida tish cho‘tkasi, shaxsiy mochalka, sochiq va ichki kiyimlardan foydalanish – odatiy holga aylanishi lozim.

  • Alohida o‘rin-ko‘rpa tutilishi;

  • Yostiq va adyollar jildlangan bo‘lishi, matras yoki ko‘rpa-ko‘rpachalar ustidan choyshab solinishi maqsadga muvofiqdir;

  • Choyshab, yostiq va adyol jildlarini (navolochka, prostыnya, pododeyalnik) haftada bir marta almashtirish (qishda esa 2 haftada bir marta);

  • Kattalar va yosh bolalar ich kiyimlari alohida idishlarda yuvilishi va dazmol qilib kiyilishi kerak;

  • Oshxona va u yerdagi idish tovoqlarni, vanna va hojatxonani ozoda saqlashga harakat qiling;

  • Xonalarni doimo ozoda tutish muhim; har uch kunda bir marta chang bo‘lgan yuzalarni namlab artib turish kerak, chunki to‘plangan changli yuzalar va o‘rin-ko‘rpada chang kanalari istiqomat qiladi va o‘smirlar yuz terisidagi yog‘ xujayralariga kirib olib, davolanishi qiyin kechadigan xusunbuzarlar paydo qiladi. Bunday kanalardan qutulishning yagona yo‘li – chang yig‘maslik, o‘rin ko‘rpalarni yoz oylarida quyoshda toblatish, yostiq jildi, choyshab va ko‘rpa jildlarini dazmollab tutishdir;

  • Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini sovutgichlarda saqlang;

  • Meva-sabzavotlarni yaxshilab yuving, qaynatilgan suvda chayib iste’mol qilishga, qaynatilmagan suvni ichmaslikka odatlaning;

  • Suvni qaynatib, so‘ng iste’mol qilish mumkin;

  • Go‘sht maxsulotlari uchun alohida taxta va pichoq ishlating;

  • Salat tayyorlash, meva va sabzavotlar uchun aloxida taxtakach va pichoqlar bo‘lishi kerak;

  • Go‘shtni, oziq-ovqat mahsulotlarini yetarli darajada termik ishlovdan o‘tishiga ahamiyat bering. Oziq-ovqat mahsulotlarini, har xil kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar va gijjalarning tuxumi bilan hasharotlar, ayniqsa pashsha va suvaraklar zararlaydi. Pashshalar asosan, hojatxona, axlatxona, go‘ngxona, molxona va kir o‘ralarida ko‘payadi va yetiladi, uchib kelib ochiq qolgan oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘nib ularni ifloslantiradi;

Axborot uchun: Birgina axlat solinadigan yashik yoki konteynerda 80 mingga yaqin pashshalar rivojlanish davrlari boshdan kechirilishi, bir kunda esa 6 mingga yaqin pashshalar yetilishi mumkin ekan.

  • Axlat chelagi qopqoqli bo‘lsin. U har kuni axlatdan bo‘shatilib, yuvib, quritilishi lozim;

  • Pashshalar kirmasligi uchun eshik va derazalarga to‘r yoki doka tuting.

Mahallalarda yashayotgan har bir kishi nafaqat o‘z sog‘lig‘i yoki manfaatini, balki barcha jamiyat a’zolari salomatligi va manfaatlarini ham o‘ylashi kerak. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda atrof-muhitni ifloslantirishga hech bir kishining haqqi yo‘q. Shuning uchun ota – bobolarimiz juda qadimdan tozalikning umumiy tadbirlarini ishlab chiqib, har bir oilada, jamoada ularni bajarilishiga harakat qilganlar. Bu tadbirlar nihoyatda oddiy bo‘lsada, juda katta sog‘lomlashtirish ahamiyatiga ega bo‘lgan. Shuning uchun ulardan eng muhimlarini keltirib o‘tamiz:

  • Uy atroflari tekislanib, yo‘laklarni tartibga keltirish, yer uchastkasini obodonlashtirib, ko‘kalamzorlashtirish;

  • Oila a’zolariga o‘zlari yashayotgan uy atroflarini har kuni supurib, suv sepishni odatlantirish;

  • Oshxona, hojatxonalarni ozoda saqlash.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling