O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Download 0.56 Mb.
bet25/61
Sana12.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1699714
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturiAAA

Oyoqlar parvarishi
Nafaqat qo‘ltiq ostida balki oyoqlarda kuchli terlash kuzatilishi mumkin. Shuning uchun oyoqlarda hid kelmasligi va zamburug‘ kasalliklari rivojlanmasligi uchun, muntazam ravishda har kuni oyoqlarni yuvish, paypoqlarni har kuni almashtirish va oyoq kiyimini tozaligi va quruqligiga e’tibor berish kerak. Iloji boricha tabiiy teridan ishlab chiqarilgan oyoq kiyim kiyish lozim.
O‘g‘il bolaning shaxsiy gigienasi
Organizmning jadal shakllanishi va gormonal o‘zgarishlar davrida o‘g‘il bolaning shaxsiy gigiyenasi dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoladi. O‘zgarayotgan organizmning sog‘ligi haqida qayg‘urar ekanmiz, o‘g‘il bola organizmining bu davrda shakllanishi va shaxsiy gigienasi haqida bilishimiz zarur.
Endi esa o‘smir o‘g‘il bola shaxsiy gigienasining asosiy qoidalarini ko‘rib chiqamiz. Qo‘l tozaligi va parvarishi
Avvalo esda tutishimiz kerakki, qo‘llarimizni doimo ozoda saqlashimiz, shuningdek, ko‘chadan uyga kirganda, ovqatlanishdan oldin, uy hayvonlari bilan muloqotdan keyin, xojatxonaga borgandan keyin va undan tashqari individual gigiyenik vositalardan foydalanishimizdan oldin muntazam ravishda qo‘llarimizni yuvishimiz kerak. Undan tashqari tirnoqlar ostida mikroblar yig‘ilmasligi uchun, tirnoqlarni muntazam olishimiz kerak, Qo‘llardagi tirnoqlarni xaftada 1 marta, oyoqlardagini esa 2-3 xaftada bir marta olib turishimiz zarur.
Og‘iz bo‘shlig‘i gigienasi
Tishni toza tutish, uni doimo turli xil pasta, poroshoklar bilan tish cho‘tkasi yordamida 2 marta yuvib turish, ya’ni ertalabki nonushtadan va kechqurungi ovqatlanishdan so‘ng, bu xildagi parvarish tish tomirlari va milklarni mustahkamlashning muhim vositasidir.
Har bir ovqatlanishdan so‘ng tishlaringizni suv bilan chayqab tish oralarida qolgan ovqat qoldiqlaridan albatta xalos bo’ling. Agar shunday qilmasangiz, ovqat qoldiqlari chirib, og‘zingizdan badbo‘y hid kela boshlaydi. Agar siz milk va tanglayingizni tozaligiga jiddiy e’tibor bermasangiz, turli xil tish, milk kasalliklariga uchraysiz!
Soch gigienasi
Sochni haftada bir marta yuvib turish zarur. Sochingizni holatiga qarab, soch terisini quruq, yog‘li, normal bo‘lishiga moslab sochga ishlatiladigan shampunlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Teri gigienasi
Barchaga ma’lumki, jismimizni ko‘p qismi teri bilan qoplangan. Bizni vujudimiz o‘pka orqali nafas olishdan tashqari, teri orqali ham nafas oladi. Shuning uchun terini tozaligi katta ahamiyatga ega. Teri toza bo‘lishi uchun imkoniyat darajasida yozda 2 mahal va kishda 1 mahal har kuni dush qabul qilish lozim. Haftada bir marta hammomda cho‘milish kerak (dush olish imkoniyati bo‘lmasa). Bu teridagi har xil noxush hidlar, bakteriya, mikroblarni tozalashga yordam beradi. O‘g‘il bolalar juda qattiq terlashadi va testosteron gormoni sababli ajraluvchi ter hidi o‘tkir va badbo‘y bo‘ladi, shuning uchun tana gigiyenasi juda muhim.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling