O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik -pedagogik respublika tashxis markazi


Amaliy qism “Qadriyatlar piramidasi” mashqi


Download 0.56 Mb.
bet33/61
Sana12.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1699714
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61
Bog'liq
Sog\'lom avlod dasturiAAA

Amaliy qism
Qadriyatlar piramidasi” mashqi. Trener flipchartda uchburchak chizadi va uni bo‘laklarga bo‘ladi. So‘ngra u trening ishtirokchilaridan ularning hayotida eng muhim narsa nima ekanligini so‘raydi. Trening ishtirokchilaridan “hayot”, “pul”, “salomatlik”, “oila”, “ish”, “muhabbat”, “karyera”, “shon-sharaf” va h. hayotiy qadriyatlar haqida so‘raydi.
Trenerlar uchun. Trener “Piramida”ning bo‘laklaridagi ma’lumotlarni yozib oladi, biroq shunday qiladiki, ishtirokchilarning o‘zi qadriyatlarni muhimligi darajasiga qarab belgilaydi. Agar buni ishtirokchilarning o‘zi fahmlashmasalar, trener “Hayot”ning o‘zi aslida hayotdagi eng qadrli narsa ekanligini va u piramidaning eng yuksak cho‘qqisida turishi lozimligini uqtiradi.
Kichik guruhlarda ishlash: zararli odatlarni bartaraf etish usullari. Trener ishtirokchilarni uchta guruhga ajratib va flipchartlar, markerlar tarqatib bo‘lgach, shunday savol beradi: Nosog‘lom turmush tarzini nima keltirib chiqaradi? Sigaret va alkogolni iste’mol qilishning sababi nimada? Mos holda har bir guruh sabablarini yozadi: alkogolizm, narkomaniya, sigaret chekish. Ishtirokchilarga zararli odatlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan tarqatma material tarqatiladi (1-ilova). Guruhlar tarqatma materiallardan zarur ma’lumotlarni ajratib oladi va zararli ko‘nikmalarning oqibatlari haqida flipchartga yozib qo‘yadi. Shundan so‘ng, guruh topshiriqni bajarib bo‘lgach, trener flipchartning orqa tarafiga ularni bartaraf etish usullarini yozib qo‘yishni so‘raydi.
Taxminiy javoblar: dam olishni tashkil etish (sport va san’at bilan, chet tilini o‘rganish bilan va h.). Trener trening ishtirokchilaridan shunday savol so‘rashi mumkin: agar sizning tanishingiz zararli odatlarga ega bo‘lsa, siz nima qilgan bo‘lar edingiz? Barcha javob variantlarini eshitib bo‘lgach, trener ularga bunday hollarda maslahatlashish va mutaxassislardan, ya’ni shifokorlardan, psixologlardan va boshqalardan yordam olish lozimligini tushuntiradi. Keyin trener guruhlar tomonidan ko‘rsatilgan sabablar bir-biriga o‘xshash ekanligiga e’tiborni qaratgan holda xulosalar yasaydi.
Trener so‘zi: “Endi agar sog‘lom turmush tarzini boshimizdan kechirmasak, nimalardan bebahra qolishimiz mumkin?” Shu bilan birgalikda “Qadriyatlar piramidasi”da trener qizil marker bilan bir qadriyatdan sekin asta eng muhim qadriyatga o‘tayotganligini chizib qo‘yadi. Gap “Hayot” deb atalgan qadriyatga borib yetgach, o‘quvchilarning diqqatini oxir oqibat eng muhim qadriyatni, ya’ni o‘z HAYOTINI yo‘qotishi mumkinligiga qaratish lozim.
Mashqni muhokama qilish va xulosalar chiqarish. Trener ishtirokchilardan mazkur mashqdan qanday xulosalar chiqarganligini so‘rashi zarur.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling