O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
10-11 Labaratoriya qollanma
4. Qolgan 3 ta raqamlangan probirkadagi eritmadan planshetning toza chuqurchasiga 2-3 tomchidan solib, har biriga yangi tayyorlangan mis gidroksid cho‘kmasidan qo‘shib tezlik bilan aralashtiring. Diqqat bilan qarang. Qaysi raqamli
17
eritma namunasida havorang cho‘kma erib ko‘kish binafsha tusli eritma hosil qilsa, shu raqamli probirkadagi eritma glitserin bo‘ladi. 5. Qolgan 2 ta raqamli probirkadan planshetning toza chuqurchasiga 2 ml dan tomizib, ustiga temir (III) xloriddan 1 tomchidan tomizing va tezda aralashtiring. Diqqat bilan qarang. Qaysi raqamli eritma namunasi to‘q ko‘k rang hosil qilsa, demak bu fenol bo‘ladi. 6. Toza probirkaga 3 tomchi natriy ishqori va 2 tomchi mis sulfat eritmasi tomizib, uning ustiga 3 tomchi oxirgi raqamlangan probirkadagi eritmadan 3 tomchi tomizing. Shisha tayoqcha bilan aralashtirib, probirka qizdirgichda isiting. Probirkadagi aralashma rangi o‘zgarishiga e’tibor bering. Ya’ni, cho‘kma avval sariq tusga so‘ngra qizil tusga o‘tishi va yaltiroq “mis ko‘zgu” hosil bo‘lishi berilgan eritma hidining o‘zgarishini izohlang. 7. Ushbu jarayonning kimyoviy reaksiya tenglamalarini yozing va o‘zgarish sabablarini izohlang, hisobotini laboratoriya mashg‘uloti daftariga yozing. 64-DARS 10-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI. KARBON KISLOTALAR (HO‘L MEVA VA SABZAVOT, KO‘KATLAR) HOSSLALARINI TAJRIBALAR ASOSIDA O‘RGANISH. Maqsad: Sirka kislotani metallar, asoslar, indikatorlar bilan reaksiyalarini va ho‘l meva, sabzavot, ko‘katlar tarkibida karbon kislotalar borligini va ularning hossalarini tajribalar asosida o‘rganish.
polipropilen stakanlar (50 ml li). Reaktivlar: Konsentrlangan sirka kislota, distillangan suv, metil zarg‘aldog‘i eritmasi, rux metall bo‘lakchalari, fenolftalein, natriy karbonat eritmalari, yoki mavjud bo‘lgan ho‘lmeva, sabzavot, ko‘katlarning yangi tayyorlangan sharbatlari. Ishni bajarish tartibi: 1. Toza probirkaga 1-2 ml sirka kislotasi soling. 1 tomchi metal zarg‘aldog‘i tomizing. Eritmalar rangini kuzating. Probirkadagi eritma ustiga 1 ml distilllangan suv qo‘shing. Eritma rangi qanday o‘zgardi? Nima uchun?
Tajribaning borishini kuzating. So‘ngra ozroq suv qo‘shing. Jarayon qanday o‘zgardi? Sababini izohlang.
karbonat eritmasidan tomizing. Toza probirkaga 2-3 tomchi natriy ishqori va 1 tomchi fenolftalein tomizing. Ustiga 3 tomchi sirka kislota qo‘shing.
sabablarini izohlang, hisobotini laboratoriya mashg‘uloti daftariga yozing. 18
11-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI. O‘SIMLIKLAR TARKIBIDAGI MURAKKAB EFIRLAR VA ULARNING HUSUSIYATLARINI O‘RGANISH. Maqsad: O‘simliklar, ularning gullari va ho‘lmevalarda hosil bo‘luvchi tabiiy murakkab efirlar va ularning hususiyatlarini laboratoriyada mavjud bo‘lgan murakkab efir asosida o‘rganish.
suv, etil spirti eritmasi. Ishni bajarish tartibi: 1. Amaliy mashg‘ulot darsidan bir hafta oldin o‘simlik, gullar va ho‘lmevalarda bo‘ladigan murakkab efirlar, ularning kimyoviy formulalari va hossalari haqida ma’lumot to‘plab kelish vazifa qilib beriladi.
ma’lumotlar tinglanadi. 3. Sinf doskasida ularga tegishli formulalar yoziladi. 4. So‘ngra o‘qituvchi tomonidan keltirilgan ma’lumotlar hamda yozilgan formulalar tahlil qilinadi. Agar xato bo‘lsa to‘g‘rilanib kamchiliklari to‘ldiriladi. So‘ngra to‘g‘ri formulalar doskada yoziladi.
tomonidan bajariladi. Ajratgich voronka orqali murakkab efir suvdan ajratib olinadi.
mashg‘uloti daftariga yozing. ESLATMA: Jasmin gulining hidi – benzil atsetat efiridan Olcha hidi - chumoli amil efiridan Rom hidi – chumoli etil efiridan Olma hidi – izovalerian etil efiridan Ananas hidi – Moy butyl efiridan O‘rik hidi – moy etil efiridan Banan hidi – sirka amil efiridan va boshqa efirlarni tarkibidan kelib chiqib molekulyar formulalarini yozadilar va izohlaydilar.
12-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI. YOG‘LARNING HOSSALARIGA OID REAKSIYALAR, YOG‘LARDAN SOVUN OLISH. Maqsad: Yog‘larning eruvchaligi, ularning to‘yinmaganligi, yog‘larning sovunlanishi, ishqorlar va tuzlar bilan ta’sirini o‘rganish. Jihozlar: Probirkalar, probirkalar uchun shtativ, keramik plita, quruq yoqilg‘i, shpatel, buglatish kosachasi, plastik taglik, laboratoriya shtativi, probirka ushlagich.
berilgan moddalarni aniqlashga to‘g‘ri keladiganlari asosida beriladi. 19
Ishni bajarish tartibi: 1. a) yog‘larning eruvchanligini tekshirish: 1. 3 ta probirka shishaga yozadigan qalam bilan raqamlanadi. Birinchisiga 2 ml suv, ikkinchisiga 2 ml etil spirti, uchinchisiga 2 ml benzin quying. 2. Probirkalarning har biriga kichik bo‘lakcha hayvon yog‘idan solinadi va silkitib chayqatiladi. Yog‘ni qaysi erituvchida qanday erishiga e’tibor bering. Ikkinchi probirka quruq yoqilg‘i alangasida biroz isitiladi. 3. Yog‘ning eruvchanligi o‘zgarishi yoki o‘zgarmasligi kuzatiladi. 4. Ushbu hodisalarning xulosasini yozing. b) Yog‘larning to‘yingan yoki to‘yinmagan karbon kislota qoldiqli ekanini aniqlash: 1. 1 ta probirkaga 2 tomchi kungaboqar yog‘i soling, ikkinchisiga ham 2 tomchi paxta yog‘i soling, uchunchu probirkaga ozgina hayvon moyidan soling. 2. Probirkalarning har biriga 3-4 tomchidan bromli suv quying. 3. Bromli suvning rangi qaysi probirkada o‘zgaradi? Sababini izohlang. Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing. d) Yog‘larni sovunlash. 1. Quruq chinni kosachaga tahminan 1 g margarin soling. Ustiga 20% li natriy ishqori eritmasidan tahminan 3-4 ml quying. 2. Reaksiyani tezlatish uchun 1-2 ml etanol qo‘shing. 3. Aralashmani shisha tayoqcha bilan aralashtirib dastlabki hajmi kamayib ketmasligi uchun suv qo‘shib 15 minut quruq yoqilg‘i alangasida qaynating. Sovunlanish jarayonini kuzating. 4. Suv yuzasida yog‘ tomchilari paydo bo‘lmasa sovunlasnish jarayoni oxiriga yetgan bo‘ladi. Agar, yog‘ tomchilari yuzaga chiqsa aralashmani qaynatish davom ettiriladi. 5. Jarayon tugagach tahminan 1 g natriy xlorid qo‘shiladi va 2 minut qaynatiladi. Jarayonning reaksiya tenglamalarini va xulosasini yozing. 2. Tajribalar asosida olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini kundalik turmush jarayonida qo‘llash. 3. Yog‘li buyumlarni yuvishda nimalarga e’tibor berish kerak? 4. Qattiq yog‘lar uzoq vaqt issiq va namlikda saqlansa nima uchun ta’mi, hidi va yaroqlik hususiyati o‘zgaradi? 5. Hayvon yog‘larini ko‘p iste’mol qilish inson organizmiga qanday zarar yetkazadi?
13-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI. GLYUKOZA VA SAHAROZAGA OID TAJRIBALAR. Maqsad: Glyukoza va saharozaning o‘ziga hos bo‘lgan hossalari asosida ularni ajratish va o‘rganish. Jihozlar: Probirkalar shtativi bilan, plastir taglik, shisha stakan, tomchi analiz to‘plami, plastmassa shpatel, shisha tayoqcha, probirka qizdirgich. 20
(II) sulfatning 0,5 N eritmasi, yangi tayyorlangan va filtrlangan kalsiy gidroksid eritmasi. Ishni bajarish tartibi: 1. Glyukoza molekulasida aldegidlarga hos bo‘lgan karbonil gruppasining borligini aniqlash uchun toza probirkaga 5-6 tomchi mis (II) sulfat eritmasidan va 8-9 tomchi natriy gidroksid eritmasidan tomizib, ustiga 5-6 tomchi glyukoza eritmasidan tomiziladi va probirka isitgichda to qizil cho‘kma tushguncha qizdiriladi.
eritmasidan tomizib, tezlik bilan 5-6 tomchi glyukoza eritmasi tomiziladi va shisha tayoqcha bilan aralashtiriladi.
tahminan 3 ml natriy ishqoridan quying. 9. Kalsiy gidroksidining hosil bo‘lishini kuzating. 10. Cho‘kmani 2 ta probirkaga bo‘lib, biriga 5-6 tomchi glyukoza, ikkinchisiga 5-6 tomchi saxaroza eritmasini oz-ozdan qo‘shing. Cho‘kmani erib ketishini kuzating. 11. Ushbu jarayonning kimyoviy reaksiya tenglamalarini yozing va o‘zgarish sabablarini izohlang, hisobotini laboratoriya mashg‘uloti daftariga yozing.
sellyulozaning sifat reaksiyalarini amalga oshirish. Ularni gidrolizga uchrashi gaqida tajribalar orqali tasavvurga ega bo‘lish.
probirkalar, plastmassa shpatel, shisha tayoqcha, pipetka, polipripilen stakan, plastik taglik, probirka qizdirgich, laboratoriya shtativi.
yodidning 3%li eritmasi, sulfat kislota 2 N eritmasi, natriy ishqorining 2 N eritmasi, yangi tayyortlangan mis sulfat 0,5 N eritmasi, sellyuloza, ammoniy gidroksid. Ishni bajarish tartibi: 1. a) Kraxmal kleysterini tayyorlash: 1. probirkaga 4-5 ml suv soling. 2. Unga ozgina kraxmal kukunidan qo‘shing va aralashmani chayqating. 3. Hosil bo‘lgan suspenziyani boshqa probirkadagi qaynab turgan suvga eritmani doimo chayqatib turib oz-ozdan qo‘shing.
21
4. Tayyor bo‘lgan eritmani sovuting. b) Kraxmalning yod bilan ta’siri: 1. Hosil qilingan kraxmal kleysterini sovuq suv bilan suyultiring (1/20). 2. Suyuqlanmadan 2 ta probirkaga 5 tomchidan tomizing. 3. Birinchi probirkaga yodning spirtdagi eritmasidan ikkinchi probirkaga kaliy yodid eritmasidan 2-3 tomchi tomizing. 4. Probirkadagi o‘zgarishlar sababini yozing. d) Kraxmalning gidrolizi: 1. toza probirkaga kraxmal kleysteridan tahminan 2-3 tomchi miqdorda soling. 2. Ustiga 6 ml suv qo‘shing. 3. Suyultirilgan eritma ustiga ehtiyotkorlik bilan 2 tomchi sulfat kislota eritmasidan tomizing. 4. 5 daqiqa davomida probirka qizdirgichda aralashmani qaynating. So‘ngra 3-4 tomchi natriy gidroksid eritmasidan tomizing. 5. Eirtmaga ozroq yangi tayyorlangan mis (II) gidroksid cho‘kmasidan qo‘shing. Oz’garishlarni kuzating. Sariq so‘ngra qizil rangli cho‘kmalar hosil bo‘lishini izohlang. 6. Reaksiya tenglamalarini yozing.
1. Toza probirkaga tahminan 1 g sellyuloza kukunidan soling. Agar, laboratoriya sharoitida sellyuloza kukuni bo‘lmasa filtr qog‘ozi yoki paxtadan mayda bo‘lakchalar kesib soling. 2. Uning ustiga 3 tomchi sulfat kislotani ehtiyotlik bilan quying. 3. Shisha tayoqcha yordamida aralashtirib sellyulozani to‘liq eriting. So‘ngra probirkaga 10 tomchi suv quyib qaynaguncha suv hammomiga qo‘ying. 4. 20 minutdan keyin toza probirkaga aralashmadan 3-4 tomchi olib glyukoza uchun sifat reaksiyalarini sinab ko‘ring. 5. Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing. f) Sellyulozaning Shveysar reaktivida erishi: 1. Toza quruq probirkaga tahminan 0,5 g sellyuloza kukuni yoki tozalangan paxta yoki maydalangan filtr qog‘ozdan shuncha miqdorni joylashtirib, 8 tomchi 2. Shveysar reaktivi (mis (II) gidroksidining ammiakdagi to‘yingan eritmasi)dan quyiladi. 3. Aralashmani kuchli chayqatish yoki shisha tayoqcha yordamida aralashtirish natijasida sellyulozani sekinlik bilan eriting. Hosil bo‘lgan eritmaga 4 tomchi suv qo‘shib chayqating. 4. Konsentrlangan xlorid kislota eritmasidan ehtiyotlik bilan 1-2 tomchi qo‘shing. 5. Kletchatka ajralib chiqishini kuzating. 6. Sellyulozani 3 atomli spirt hususiyatini hisobga olib sodir bo‘lgan reaksiya tenglamalarini yozing va izohlang. 2. Ushbu jarayonning kimyoviy reaksiya tenglamalarini yozing va o‘zgarish sabablarini izohlang, hisobotini laboratoriya mashg‘uloti daftariga yozing.
22
77-DARS 15-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI. ORGANIK BIRIKMALARNI O‘ZIGA HOS BO‘LGAN REAKSIYALAR ASOSIDA ANIQLASH. Maqsad: Bajarilgan laboratoriya mashg‘ulotlarida olgan malaka va ko‘nikmalari asosida berilgan noma’lum moddalardan ularni qanday birikma ekanligini tajriba asosida aniqlash.
voronka. Reaktivlar: Laboratoriya xonasida mavjud bo‘lgan murakkab efir, distillangan suv, etil spirti eritmasi. Ishni bajarish tartibi: 1. a) Raqamlangan probirkalarda etil spirti, glitserin eritmasi, fenol eritmasi berilgan. Ularni o‘ziga hos bo‘lgan tajribalar orqali qaysi probirkada ekanligini aniqlang.
berilgan. Qaysi raqamli probirkada chumoli kislotasi borligini aniqlang. d) Raqamlangan probirkalarda o‘simlik yog‘i, ko‘p atomli spirt va karbon kislota berilgan. Ularni o‘ziga hos bo‘lgan tajribalar orqali qaysi probirkada ekanligini aniqlang.
kraxmal, saxaroza, glyukoza, sellyuloza borligini o‘ziga hos bo‘lgan reaksiyalar orqali toping.
yozing.
3. O‘qituvchi sinf o‘quvchilarini juftlikda yoki kichik guruhlarga bo‘lib har biri uchun yuqorida keltirilgan topshiriqlar variant alohida beriladi. 4. Kerakli jihozlar va reaktivlar beriladigan variant topshiriqlariga moslab tayyorlanishi va tarqatilishi lozim. 5. Topshiriqda keltirilgan birikmalar laboratoriya xonasida mavjud bo‘lgan moddalar asosida berilishi mumkin. 85-DARS 16-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI. AMINOKISLOTALAR HOSSALARIGA OID TAJRIBALAR. Maqsad: Aminokislotalarning indikatorlarga va nitrat kislotaga ta’sirini o‘rganish, aminokislotalarning tuzlarini olishni tajribalar asosida bilish. Jihozlar: probirkalar, probirkalar shtativi bilan, universal indikator qog‘oz. Reaktivlar: glikokol 5 %li eritmasi, natriy ishqorining 10 %li eritmasi, metil zarg‘aldog‘i, fenolftalein 1 %li eritmasi, formalin, mis sulfat eritmasi 5 %li, natriy nitrit 1 N eritmasi, xlorid kislota 2 N eritmasi.
1. Toza probirkaga glikokol eritmasidan tahminan 1 ml soling. Eritma muhitini universal indikator qog‘ozi yordamida aniqlang.
23
2. So‘ngra eritmani 2 ga bo‘ling. Birinchi probirkaga 1 tomchi metil zarg‘aldog‘i, ikkinchi probirkaga 1 tomchi fenolftalein tomizing. 3. Indikatorlarning rangi nega o‘zgarmaganligini izohlang. b) Funksional gruppalarni biror modda bilan bog‘lab eritma muhitini o‘zgartirish: 1. Probirkaga 1 ml glikokol eritmasidan quyib unga fenolftaleindan 1 tomchi qo‘shing va eritma qizil rangga bo‘yalguncha natriy ishqoridan tomchilatib qo‘shing. 2. So‘ngra 1 ml formalin qo‘shing. 3. Aminogruppaning formaldegidga bog‘lanishi natijasida eritma kislotali bo‘lib indikatorni rangsizlantiradi. 4. Reaksiyani ifodalovchi tenglamasini yozing. d) Aminokislotalar tuzlarini olinishi: 1. Probirkaga glikokolning eritmasidan tahminan 1 ml quying. 2. Unga mis sulfat eritmasidan tomchilatib qo‘shing. 3. Misning eruvchan kompleks tuzi hosil bo‘lganligidan suyuqlik och ko‘k rangga bo‘yaladi. 4. Agar, laboratoriya xonasida kumush nitratning 1%li eritmasi bo‘lsa ushbu tajribani shu tuz bilan bajarib kumushli glikokol tuzining cho‘kmasini hosil qilish mumkin. e) Glikokolga nitrit kislotaning ta’siri: 1. Toza probirkaga glikokolning eritmasidan 0,5 ml yangi tayyorlangan natriy nitrit eritmasidan 0,5 ml va xlorid kislotaning eritmasidan 0,5 ml solib chayqating. 2. Bunda gaz puffakchalari chiqishini kuzating. 3. Bu reaksiya 2 bosqichda borishini inobatga olib reaksiya tenglamasini yozing. 4. Ajralayotgan gaz erkin azot gazidir. Eslatma: Agar, ajralib chiqayotgan azot hajmini o‘lchash imkoni bo‘lsa ushbu reaksiyadan foydalanib aminokislotalar va oqsillardagi aminogruppalarni miqdorini aniqlash mumkin.
Oqsillar tarkibida peptid guruhlari, aromatik aminokislotalar qoldiqlari oltingugurt borligini tajribalar asosida aniqlash.
probirkalar shtativi bilan, tomchi analiz to‘plami, probirka qizdirgich. Reaktivlar: tuxum oqsili 1%li eritmasi, natriy ishqorining 10%li eritmasi, mis (II) sulfat eritmasi 10%li, natriy ishqori 10%li eritmasi, konsentrlangan nitrat kislota eritmasi, etil spirti, konsentrlangan xlorid kislota eritmasi, konsentrlangan sulfat kislota eritmasi, jelatinning 1%li eritmasi, qo‘rg‘oshin atsetatning 1%li eritmasi. Ishning bajarish tartibi: 1. a) Biuret reaksiyasi: 1. 2 ta toza probirka olib ularning biriga tahminan 2 tomchi tuxum oqsili eritmasidan soling, ikkinchisiga jelatin eritmasidan ham shuncha miqdorda quying.
24
2. Har ikkala probirkaga 4 tomchidan natriy ishqori eritmasidan tomizing va 2 tomchi mis (II) sulfat eritmasidan 2 tomchidan qo‘shing. 3. Tezlik bilan ikkala probirkani ham chayqating. 4. Ikkala probirkada ham qizg‘ish binafsha rang hosil bo‘lishini kuzating. 5. Bu reaksiya yordamida oqsillar tarkibida peptid guruhlari borligi qanday aniqlanadi?
1. 2 ta probirkaning biriga tuxum oqsili, ikkinchisiga jelatin eritmasidan tahminan 5 tomchi quying. 2. Ikkala probirkaga ham konsentrlangan nitrat kislota eritmasidan ehtiyotlik bilan 2-3 tomchidan tomizing. 3. Ikkala probirkani ham ohistalik bilan qizdiring. 4. Birinchi probirkada sariq cho‘kma hosil bo‘lishini kuzating, ikkinchi probirkada hech qanday o‘zgarish kuzatilmaydi. 5. Probirkalardagi holatlarni izohlang. 6. Bu tajriba orqali oqsillar tarkibida qanday modda borligi aniqlanadi. 7. Nima uchun ikkinchi probirkada o‘zgarish sodir bo‘lmadi?
1. 4 ta probirka olib ularning har biriga tahminan 1 tomchidan oqsil eritmasidan quying. 2. Birinchi probirkaga 8 tomchi etil spirti yoki atseton, ikkinchisiga mis (II) sulfat eritmasidan 2 tomchi, uchinchisiga konsentrlangan xlorid kislota eritmasidan 2 tomchi, to‘rtinchisiga konsentrlangan sulfat kislota eritmasidan tahminan 1 ml tomchilatib quyiladi. 3. Barcha probirkalarda oqsil eritmalarining loyqalanishi kuzatiladi. Sababini izohlang. 4. Birinchi probirka ohistalik bilan qizdiriladi. Nima uchun loyqalangan eritma ivib qoldi? Sababini izohlang.
Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling