O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi
e) Oqsillar tarkibida oltingugurt borligini aniqlash
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
10-11 Labaratoriya qollanma
e) Oqsillar tarkibida oltingugurt borligini aniqlash: 1. Toza probirkaga 4-5 tomchi oqsil solib, ustiga 2-3 tomchi konsentrlangan xlorid kislota tomizing. So‘ngra 4-5 tomchi qo‘rg‘oshin atsetat eritmasidan tomizing va qizdiring. 2. Aralashmaning o‘zgarishini kuzating. 3. Agar, oqsil tarkibida oltingugurt bo‘lsa qoramtir cho‘kma tushadi. 2. Ushbu jarayonning o‘zgarish sabablarini izohlang, hisobotini laboratoriya mashg‘uloti daftariga yozing. 91-DARS 18-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI. KISLORODLI VA AZOTLI ORGANIK BIRIKMALAR MODELLARINI YASASH. Maqsad: Tayoqchalar, turli sharchalar, kley yordamida uglevodorodlarning turli hil modellarini yasashni o‘rganish. Jihozlar: Tayoqchalar (yog‘och, metal, plastmassa), rangli sharchalar (kauchukli, yog‘och, plastmassa, plastillin, pishitilgan loy, transportir, sirkul, chizg‘ich). 25
1. Uzunligi 13-15 sm li diametri bir hil 4 ta tayoqchalarni qora yoki to‘q kulrang sharchaga transportir va sirkul yordamida 109 0 28
| burchak oralig‘ida teshikchalar hosil qiling (uglerodning valent bo‘glari yo‘nalishlaridagidek) joylashtiriladi. Tayoqcha uchlariga hajmi “uglerod” sharchaga nisbatan 1,5 marta kichik oq yoki och havorang sharchalar joylashtiriladi. Metan modeli tuziladi va 1 ta vodorod sharchasi qizil sharcha orqali “uglerod” sharchasiga biriktiriladi, natijada metil spirtining shar-sterjenli modeli tayyorlanadi. Bunda uglerod atomiga nisbatan vodorod atomining bir hil tekislikda yotmasligiga e’tibor bering. 2. 2 ta bir hil metal radikali yasab uglerod atomlarini o‘zaro 1 ta tayoqcha bilan biriktiriladi. Bunda ham tayoqchalar orasi 109 0 bo‘lishini ta’minlang. Natijada etan modeli hosil bo‘ladi va 1 ta vodorod sharchasi qizil sharcha orqali “uglerod” sharchasiga biriktiriladi, natijada etil spirtining shar-sterjenli modeli tayyorlanadi. Agar, 3 ta radikal o‘zaro biriksa propan modeli tuziladi va 1 ta vodorod sharchasi qizil sharcha orqali “uglerod” sharchasiga biriktiriladi, natijada propil spirtining shar-sterjenli modeli tayyorlanadi. Hamma uglerod atomlari 4 valentdan bo‘lishligiga e’tibor bering. 3. Ushbu texnika orqali aldegidlar, karbon kislotalar, aminlar, aminokislotalar molekulalarining fazoviy tuzilishlarini ham tuzish mumkin. 4. Uglevodorodlarning masshtabli modelini yasash uchun “uglerod” sharchasida burchaklarni belgilangan joylariga sterjen qo‘ymay shu yerga “vodorod” sharchalarini, kislorod sharchalarini imkoni bo‘lsa botiqroq qilib kleylanadi. Bunda kislorodli organic birikmalarning masshtabli modellarini tuzish mumkin. 96-DARS 20-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI. TOLALARNI ANIQLASHGA OID TAJRIBALAR. Maqsad: Tabiiy, sun’iy va sintetik tola namunalarini “tolalar” kolleksiyasi yordamida tanishish. Ba’zi tolalarning hossalarini o‘rganish. Jihozlar: “Tolalar” kolleksiyasi, planshet, tomchi analiz to‘plami, quruq yoqilg‘i, keramik plitka, gugurt, qisqich. Reaktivlar: paxta, jun, ipak, viskoza, kapron tolalaridan namunalar, konsentrlangan sulfat kislota, konsentrlangan nitrat kislota, 10%li natriy ishqori eritmasi, atseton.
muhim turlari”, “Kimyo” fanidan “PKMQ” 110-bet. 26
Ishni bajarish tartibi: 1. Tolalar kolleksiyasi yordamida o‘quvchi tolalar haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi. 2. Tolalarning sinflanishi haqidagi yuqoridagi sxemani o‘quvchilar laboratoriya daftarlariga chizib oladilar. 3. Tolalarni ajratib olish uchun ular yondiriladi va reaksiya natijalari kuzatiladi. 4. Kuzatish jarayonida – paxta, jun, tabiiy ipak, viskoza, kapron tolalarini yonish tezligi, yemirilishi, hidi, modda yonib bo‘lgandan keyin hosil bo‘lgan qoldiq moddalarning xossalariga e’tibor beriladi.
va 2 tomchidan nitrat kislota tomiziladi. Harbir chuqurchadagi o‘zgarishlar kuzatilib, laboratoriya mashg‘ulotlari daftariga yoziladi. Shunday tajribalar sulfat kislota bilan so‘ngra natriy ishqori hamda atseton bilan ham takrorlanadi. Natijalar xulosasi amaliy ish daftariga yoziladi.
Forniulasi Yondirish Parchalanish mahsulotlari uchun reaksiya Paxta (ip- gazlama) (С 6 Н 10 О 5 ) п Kuygan qog‘oz hidi chiqadi. Qora kul qoladi Qoldiq eritmasi universal indikator qog‘ozini qizil rangga bo‘yaydi. Jun, tabiiy ipak
Sekin yonadi, jizg‘anak hid tarqatadi. Keyin kukunga aylanib
ketadigan qora
sharlar hosil qiladi. Qoldiq eritmasi universal indikator qog‘ozini zangori tusga bo‘yaydi. Nazorat uchun savollar 1. Tabiiy tolalarga nimalarni misol qilish mumkin? 2. Sun’iy tolalarga nimani misol qilish mumkin? 3. Tabiiy va sun’iy tolalarni bir-biridan farqi nimada? 27
21-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI. PLASTMASSALARNING HOSSALARINI TAJRIBALAR ASOSIDA O‘RGANISH. Maqsad: polietilen, polivinil xloridning kislotalar, ishqorlar bilan ta’sirini o‘rganish. Jihozlar: indikator qog‘ozi (1), tomchi analizi uchun to‘plam (2), shpatel (3), tomchi analizi uchun planshet (4), shisha tayoqcha (5), probirkalar P-9 (6), probirkalar uchun shtativ (7), plastik taglik (8), 150 ml li polipropilen stakan (9), shisha stakan (10) shishaga yozish uchun qalam (11), laboratoriya shtativi, keramik plita, quraq yoqilg‘i, qisqich, probirka qizdirgich.
stirolva butadienning sopolimeri, konsentrlangan xlorid kislota (HCl) eritmasi, konsentrlangan sulfat kislota (H 2 SO 4 ) eritmasi, konsentrlangan nitrat kislota (HNO 3
(KMnO 4 ) suyultirilgan eritmasi, atseton, "Tolalar" to‘plami. Ishni bajarish tartibi: 1. Polietilenning xossalari: a) Polimer moddalarning yonish holati. 1. Har bir polimer namunasini alohida-alohida quruq yoqilg‘i alangasiga tutiladi va alangadan tasahqariga olib ham kuzatiladi. 2. Ularning yumshash holati, suyuqlanishi, qanday hid hosil bo‘lishi, parchalanishini kuzating.
1. 3 ta probirka olib ularning biriga konsentrlangan sulfat kislota, ikkinchisiga 10%li natriy ishqori eritmasi va uchunchisiga atseton eritmasidan 4-5 tomchidan quying. Har biriga polikarbamid namunasidan soling. Probirkadagi o‘zgarishlarni kuzating va izohlang. 2. Bu tajribalarni polistirol, polipropilen va boshqa polimerlar bilan ham bajarish mumkin.
1. Plastmassa namunalarini alohida chinni kosachalarga solib qizdiring. 2. Kosacha ustiga universal indikator qog‘ozni suvda ho‘llab tutib ko‘ring. 3. Indikator qog‘ozning rangini o‘zgarishiga e’tibor bering. 4. Tajriba natijalari va xulosalarini laboratoriya mashg‘uloti daftariga yozing.
namunalarini tajribalar asosida aniqlash. 28
tomchi analizi uchun planshet (4), shisha tayoqcha (5), probirkalar P-9 (6), probirkalar uchun shtativ (7), plastik taglik (8), 150 ml li polipropilen stakan (9), shisha stakan (10) shishaga yozish uchun qalam (11), laboratoriya shtativi, keramik plita, quraq yoqilg‘i, qisqich, probirka qizdirgich. Reaktivlar: konsentrlangan xlorid kislota (HCl) eritmasi, konsentrlangan sulfat kislota (H 2 SO
) eritmasi, konsentrlangan nitrat kislota (HNO 3 ) eritmasi, natriy gidroksid (NaOH) eritmasi, kaliy permanganatning (KMnO 4 ) suyultirilgan eritmasi, atseton. Ishni bajarish tartibi: 1. Har bir o‘quvchiga 3 tadan raqamlangan paketchalar beriladi. Bu paketchalarda qanday plastmassa borligini 21-laboratoriya mashg‘uloti asosida tajribalar bajarib, kuzatilgan hodisalarni solishtirib har bir plastmassaning o‘ziga hos reaksiyalari asosida aniqlang. 2. Xulosalarni va izohlarni laboratoriya mashg‘uloti daftariga yozing.
bo‘lgani uchun ularga hos bo‘lgan tajribalar orqali ularning tarkibini aniqlash. Jihozlar: probirkalar, probirkalar uchun shtativ, shisha tayoqcha, tomchi analiz to‘plami, probirka qizdirgich, quruq yoqilg‘i, keramik plitka, gugurt. Reaktivlar: “Kalsiy glyukonat” tabletkasi, “aspirin upsa” tabletkasi, distillangan suv, vitamin B 2 , vitamin B 6 , konsentrlangan xlorid kislota, rux metalli, nikotin kislota, temir (III) xlorid, natriy karbonat tuzi, sirka kislota, mis tuzi eritmasi.
quruq yonilg‘i ustiga qo‘yiladi. 2. Tabletka qoramtir bo‘lib parchalangan modda g‘ovaksimon ilon ko‘rinishidagi uzun massani hosil qilib ajralib chiqadi. 3. Bu hodisa kalsiy glyukonatning yaroqlilik sifati, yaxshi ekanligini ko‘rsatadi. 4. Kuzatilingan hodisani reaksiya tenglamasini yozing va izohlang. 5. Dorixonalarda sotiladigan “aspirin” tabletkalari keying paytda “aspirin upsa” yoki “upsarin upsa”, “upsarin” nomlari bilan yangi preparat tarzida chiqarildi. Bu preparatlar suvga solib eritilganda tez erib shiddat bilan gaz chiqaradi. Ularning tarkibi asosan nimalardan iborat? 6. Tajriba orqali izohlang va tegishli tenglamalarni yozing. O‘qituvchi uchun yordamchi ma’lumot: “Aspirin” tarkibi atsetilsolesilkislotadir. Uning formulasi quyidagicha:
29
COOH
O-COCH 3
Yangi preparat esa “aspirin”ga limon kislotasi va natriy gidrokarbonat tuzidan qo‘shiladi. Aynan shu tuz suvda eriganda limon kislota ta’sirida karbonatangidrid gazini hosil qiladi. Demak, hamma preparatlar tarkibi asosan bir hil. 7. Vitamin B 2 ni qolgan vitaminlardan ajratish uchun shu vitaminning suvdagi eritmasidan probirkaga 1 ml quyib unga 0,5 ml konsentrlangan xlorid kislota va bir bo‘lak rux qo‘shing. 8. Rang o‘zgarishiga e’tibor bering. ESLATMA: Reaksiya nihoyasiga yetib aralashma chayqatilgach riboflavin havo kislorodi ta’sirida oksidlanib rangli shaklga o‘tadi. B6 vitamini uchun sifat reaksiya: Probirkaga B 6 vitaminining 5 %li eritmasidan 1 ml va temir (III) xloridning o‘ta suyultirilgan eritmasidan 2-3 tomchi qo‘shib aralashtiring. Qizil rang paydo bo‘lishi B 6 vitamini uchun o‘ziga xosdir. Nikotin kislota uchun sifat reaksiya: Chinni kosachada nikotin kislota bilan suvsiz natriy karbonat kukunini 1:2 nisbatidagi aralashmasini qizdiring. Bunda nikotin kislotaning parchalanishidan hosil bo‘lgan piridinning yoqimsiz hidi seziladi. PP vitaminining sifat reaksiyasi: Bu vitamin hususiyatini nikotin kislota va uning amidi namoyon qiladi. Ozroq nikotin kislota kukunini probirkaga solib sirka kislotaning 10%li eirmasidan 1 ml quyiladi, so‘ngra isitiladi. Qaynoq eritmaga misning suvda yaxshi eriydigan tuzining 5%li eritmasidan teng hajmda qo‘shiladi. Aralashma sovutilganda hosil bo‘lgan yangi tuz ko‘k cho‘kma holida ajraladi. 9. Reaksiya tenglamasini, jarayonning xulosasini va izohlarni laboratoriya mashg‘uloti daftariga yozing.
reaksiyalari uglerod-uglerod bog‘ining uzilmasdan va oksidlovchi sifatida kaliy permanganat yoki kaliy dixromadlarning kislotali muhitida boradigan reaksiyalarni o‘rganish. Jihozlar: probirkalar, probirkalar uchun shtativ, shisha tayoqcha, tomchi analiz to‘plami, probirka qizdirgich. Reaktivlar: suyultirilgan sulfat kislota (H 2 SO 4 ) eritmasi, etil spirti, kaliy permanganatning (KMnO 4 ) suyultirilgan eritmasi, formalin eritmasi, chumoli kislota, kaliy dixromat eritmasi. Ishni bajarish tartibi: 1. Toza probirkaga 3 tomchi chumoli kislota, ustiga kaliy permanganatning 30
suyultirilgan eirtmasidan 3 tomchi tomizing. 2. Ajralib chiqayotgan gazni va eritma rangi o‘zgarishini kuzating. 3. Kuzatilgan hidisaning reaksiya tenglamasini yozing. 4. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasini yarim reaksiya usuli bilan tenglashtiring. 5. Toza probirkaga formalin eritmasidan 3-4 tomchi, ustiga sulfat kislota eritmasidan 2-3 tomchi, so‘ngra kaliy permanganate eritmasidan 3-4 tomchi tomizing. 6. Eritmani rangsizlanishini kuzating. 7. Kuzatilgan hidisaning reaksiya tenglamasini yozing. 8. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasini yarim reaksiya usuli bilan tenglashtiring. 9. DAN hodimlari harakatdagi avtoulovni to‘xtatib, haydovchining holatiga shubhalanib alkogolga test o‘tkazmoqchi bo‘lishdi. Buning uchun to‘q sariq eritmali idishga naycha orqali puflashni buyurishdi. Agar, spirtli ichimlik ichgan bo‘lsa naychadagi eritma yashil tusga kiradi. Trubkadagi eritma qaysi moddalarning aralashmasi edi va nima sababdan to‘q sariqdan yashil tusga o‘tadi?
elektron balansi asosida tenglamani tenglashtiring. 11. Xulosalarni va izohlarni laboratoriya mashg‘uloti daftariga yozing. 100-DARS 16-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI. ORGANIK BIRIKMALAR ORASIDAGI GENETIK BOG‘LANISHNI TAJRIBALAR ASOSIDA AMALGA OSHIRISH. Maqsad: Organik birikmalar orasidagi genetik bog‘lanishni tajribalar asosida amalga oshirish va ularning hususiyatlarini o‘rganish. Jihozlar: probirkalar shtativi bilan, probirkalar, probirka qizdirgich, quruq yoqilg‘i, keramik plitka, gugurt. Reaktivlar: natriy gidroksid eritmasi, suyultirilgan xlorid kislota, etil spirti, mis sulfat eritrmasi, kaliy permanganat, kaliy dixromat, perikis vodorod. Ishning bajarish tartibi: 1. Etil spirtidan 2 ml miqdorni bug‘latgich kosachaga quying. Laboratoriya shtativiga o‘rnatib, yonib turgan cho‘p bilan spirtni yondiring. 2. Alanga rangiga va yonib bo‘lgach qoldiq qolish yoki qolmasligiga e’tibor bering.
3. Toza probirkaga 2 tomchi mis sulfat eritmasidan, ustiga 3 tomchi natriy gidroksid eritmasidan va tezlik bilan 5 tomchi etil spirti tomizib, probirkani shtativga o‘rnatib quruq yoqilg‘i alangasida qizdiring.
hidi o‘zgarishiga ahamiyat bering. 5. Probirkada hosil bo‘lgan suyuqlikni ohistalik bilan cho‘kmadan ajratib ustiga 2- 3 tomchi xlorid kislota, so‘ngra laboratoriyada qaysi oksidlovchi mavjud bo‘lsa shundan 3-4 tomchi tomiziladi. Aralashma hidini o‘zgarishiga ahamiyat bering.
birikmalar orasidagi bog‘liqlikni izohlang. Eslatma: Laboratoriya sharoitiga ko‘ra mavjud bo‘lgan organik birikmalardan foydalanib boshqa organik moddalar orasidagi genetik bog‘lanishga oid tajribalarni o‘tkazishingiz mumkin.
31
KERAKLI MA’LUMOTLAR Indikator tayyorlash uchun xom-ashyo M iqdo ri y ni sb a tl a r (ho m -a sh y o v a suv ) Indikatorn ing tabiiy rangi Kislotali muhitda rang o‘zgarishi Asosli muhitda rang o‘zgarishi Qizil lovlagi ildiz mevasi 1:1
Qizil Yorqin qizil Sariq Binafsha rang karom barglari 1:2
Och pushti Pushti
Yashil Oshpiyoz 1:4 Rangsiz
Och binafsha Sariq-yashil Maymunjon mevalari 1:2
To‘q binafsha qizil Yashil-ko‘k Olcha mevalari 1:4
To‘q qizil Yorqin qizil Bo‘g‘iq yashil Qora smorodina mevalari 1:4
Qizil - binafsha qizil yashil
Izoh: O‘simliklardan indikator tayyorlash uchun mevalar, ildizmevalar sharbatlarini ba’zan, shakаr qo‘shilgan sharbatlarini yuqorida keltirilgan nisbatlarda suv bilan suyultirib foydalaniladi. Yilning hamma fasllarida ulardan foydalanish mumkin. Yani, qilzil lavlagi, piyoz hamda mevalarning sharbati va qiyomi, quruq mevalarning qaynatmalari yoki damlamalari shular jumlasidandir. Kundalik turmushda uy sharoitida indikatorga ehtiyoj tug‘ilganda ham foydalanish tavsiya etiladi.
(DTM testlarini yechish uchun namunalar) Alkanlar mavzusiga doir masalalar. 1.Normal sharoitda hajmi 8,96 l bo‘lgan gazsimon to‘yingan uglevodorodni og’irligi 6,4 gramm bo‘lsa, alkanning formulasini aniqlang. 2. Normal sharoitda 0,25 mol bo‘lgan gazsimon to‘yingan uglevodorodni og’irligi 7,5 gramm bo‘lsa, alkanning formulasini aniqlang. 3. Normal sharoitda hajmi 6,72 l bo‘lgan gazsimon to‘yinganuglevodorodniog’irligi 13,2 grammbo‘lsa, alkanningformulasinianiqlang. 32
Harqandaygazsimonmoddaning 1 molinormal sharoitda 22,4 l hajmniegallaydi. Masala shartida13,2 g alkan normal sharoitda 6,73 l hajmniegallashiaytibo‘tilganedi. Shundanfoydalanibproporsiyatuzibolamizvaalkanningmolyarmassasinianiqlaymiz. alkan 13,2 6,72
22,4 x x = 44 22,4 13,2 6,72 =
Demak, alkanning molyar massasi 44 g/mol ga teng bo‘lsa bu qaysi alkanligini topamiz, alkanlarning umumiy formulasi (C n H
) dan foydalanib. 44 14n + 2 42 3 = 14n = n =
Alkan tarkibida 3 ta uglerod atomi mavjud ekan demak 3 ta uglerot atomi tutgan alkan propan. Javob: C Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling