O‘zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi respublika ta'lim markazi


Download 151 Kb.
bet5/12
Sana03.12.2023
Hajmi151 Kb.
#1799607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5 - 9 синф адабий материаллар 2

Po‘lat Mo‘min


Po‘lat Mo‘min (taxallusi; asl ism-sharifi Mo‘minov Po‘lat) — bolalar shoiri. O‘zbekiston xalq yozuvchisi . O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi.
Dastlab pedagogika bilim yurtini , so‘ng Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatib , o‘qituvchilik bilan shug‘ullangan . «Lenin uchquni» gazetasida adabiy xodim, O‘zbekiston davlat nashriyotida bo‘lim mudiri , respublika Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi , Madaniyat vazirligi krshidagi San’at ishlari boshkarmasida dramaturgiya bo‘yicha bosh muharrir bo‘lib ishlagan.
Ilk she’rlar to‘plami — «Sayrang, qushlar”, Shundan keyin uning «Tong kuylari» , «Oltin boshoqlar» , «Tish cho‘tkasi ertagi», «Hunardan unar» , «To‘g‘ri o‘sgan gul bo‘lur» , «Aql qaerda bo‘lar» , «Oltin nay» , «Rahmatga rahmat!» va boshqa bolalarga bag‘ishlangan she’r va ertaklardan iborat to‘plamlari, «Gul va piyoz», «Qo‘shiq aytib» singari qo‘shiqlardan tashkil topgan kitoblari nashr etilgan.
Po‘lat Mo‘min mumtoz o‘zbek adabiyoti an’analarini davom ettirib, g‘azal, tuyuq, fard janrlarida ham ko‘plab asarlar yaratgan. Uning 500 dan ziyod qo‘shiqlari g‘azal janrida yozilgan.
A. S Pushkin, V. V. Mayakovskiy, S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto va boshqa rus yozuvchilarining bolalarga bag‘ishlangan asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan.


Ustozlar. Po`lat Mo`min. (darslikning 30-betida berilgan)


Yayra Sa’dullaeva
Yayra Sa’dullaeva Ubaydullaevna 1934-yil 18-sentabrda Toshkentning Sebzor dahasida tavallud topadi. Ulug‘bek nomli o‘rta maktabni kumush medal bilan tugallab, Toshkent Davlat universiteti (O‘zMU)ning filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi.
Universitetni imtiyozli diplom bilan tugatgan bo‘lajak adiba mehnat faoliyatini gazetalar tahririyatida adabiy xodimlikdan boshlaydi. Keyinchalik «Gulxan» jurnalida, «G‘uncha» jurnalida bosh muharrirlik lavozimlarida xizmat qiladi.
Ya.Sa’dullaevaning qissa, hikoya va badiiy lavhalardan tashkil topgan quyidagi kitoblari chop etilgan: «Tom boshida tog‘ora», «Yaltiroq halqacha» , «Qog‘oz qush», «Baxtli bo‘ling», «Zolotoe koltso» , «Oltin baxtim», «Bekinmachoq», «Chip-chipjon» , «Katta hovli», «Ko‘cha to‘la bolalar».
BOQI-TOQI”

Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling