O‘zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi respublika ta'lim markazi


Download 151 Kb.
bet4/12
Sana03.12.2023
Hajmi151 Kb.
#1799607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5 - 9 синф адабий материаллар 2

ZEHNLI BOLA
(Mo‘g‘ul ertagi)

Burungi zamonlarda, ancha yillar ilgari uzoq janub tomonda chol, kampir va ularning yetti yashar o‘g‘li yashagan ekan. Ularning bor mol-bisoti - bitta cho‘loq ot, uchta terisi suyagiga yopishgan qora echki va xaroba uydan iborat ekan. Cholning topgani qozon qaynatishga zo‘rg‘a etar ekan, ammo o‘g‘lidan umidi katta ekan. Chunki u nihoyatda chaqqon va zehnli bo‘lib o‘sayotgan ekan.


Kunlardan bir kuni ularning o‘toviga amaldor kirib kelibdi va bir kechaga boshpana so‘rabdi. Bu odam shu qadar pastkash, buning ustiga badjahl ekanki, undan butun daha yurak oldirib qo‘ygan ekan. U o‘tovga kirib kelganda yetti yashar bola kigiz ustida o‘tirib, katta zarang kosada qimiz ichayotgan ekan. Bolaga ko‘zi tushishi bilan amaldor xaxolab kulib yuboribdi.

  • Shu ham tovoq bo‘ldi-yu! Tovoq emas, haqiqiy g‘o‘la.

Bola qimiz ichishdan to‘xtab, hayron bo‘lib mehmonga:

  • Hurmatli janob, nahotki sizning molingiz shunchalik kam bo‘lsaki, uni mana shu “g‘o‘la” bilan sug‘orish mumkin bo‘lsa?

Amaldor qizarib-bo‘zaribdi. Javob qaytarishga javob ham topa olmabdi. Ertalab u yo‘lga chiqishga hozirlik ko‘rayotganida, kechasi bilan echkilar otining qorinbog‘ini chaynab qo‘yganini sezib qolibdi. Amaldor qattiq jahli chiqib, cholga:

  • Keltirgan ziyonni to‘la, bo‘lmasa yomon qilaman! – debdi.

Bolakay otasini himoya qilib:

  • Hurmatli mehmon! Otingizning qorinbog‘ini echkilar chaynagan. To‘lovni echkilardan undirib oling, - debdi.

Bu so‘zlardan keyin amaldor indamay otiga minib jo‘nab qolibdi. Lekin sal nariga borib otning oldingi oyog‘i yumronqoziq iniga tushib, ot munkib ketibdi-da, amaldor erga uchib tushibdi. Amaldorning jahli chiqib, otni qamchi bilan qattiq-qattiq savalay ketibdi.
Buni tomosha qilib turgan bolakay haxolab kula boshlabdi.

  • Axmoq bola, nimaga kulasan? – deb so‘rabdi amaldor.

  • Nimaga kulmay? Xalqning bir gapi bor: kimda-kim yolg‘on ishlatsa, bir kuni oti yumronqoziq iniga qoqilib, yerga qulaydi. Demak, siz g‘irt yolg‘onchi ekansiz!

Amaldor bolaga javob ham qaytarolmay, otining jilovidan tutgancha boshini ham qilib, qorasini o‘chiribdi.
Dili egrining tili qisqa bo‘ladi, deganlari shu bo‘lsa kerak.

Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling