O‘zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi respublika ta'lim markazi


Download 151 Kb.
bet8/12
Sana03.12.2023
Hajmi151 Kb.
#1799607
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5 - 9 синф адабий материаллар 2

Olqor Damin.


O‘ZBEK TILIMSAN
Jonu dilimsan, Alisher bobom,
Ko‘ngil gulimsan, Ishlatgan kalom,
Jonu dilimsan – Dilimga ilhom
O‘zbek tilimsan! O‘zbek tilimsan!
Davlatim tili,
Elimning dili,
Gullarning guli –
O‘zbek tilimsan!
Topshiriq. “O‘zbek tilimsan” she'rini yod oling.
9 sinf
1 chorak


O‘tkir Rahmat 1948 yili Samarqand viloyatida tug‘ilgan.
1972 yili Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetida, so‘ng Toshkent davlat yuridik institutida ta’lim oldi.
U dastlab ommaviy axborot vositalarida, so‘ng hukumat idoralarida, mustaqilligimizning dastlabki kunidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida faoliyat ko‘rsatib, mas’ul vazifalarda 1999 yilgacha ishladi. Ayni paytda respublikamizning o‘qimishli ommaviy vositalaridan biri - «Qishloq hayoti» va «Hayot» gazetalarining Bosh muharriri.
Iste’dodli shoirning «Irmoq» , «Sog‘inch», «Jilg‘a» , «Shukrona», «Ko‘zim qorachug‘i», «Oy yog‘dusi» kabi o‘ndan ortiq she’riy to‘plamlari nashr etilgan.
She’r — ko‘ngil ovozi. Qalb iltijosi. Yaratganga munojot. She’r boqiy muhab­bat. Sukunatning hayqirig‘i.
Hassos shoir, ustoz jurnalist O‘tkir Rahmat she’rlarini o‘qigan kishi she’rga berilgan bu ta’riflar naqadar to‘g‘riligini anglaydi. Bedor yurak tug‘yonlaridan ayrimlarini gazetxonlarimiz e’tiboriga havola etayapmiz.


Vatan
Vatan — sen ko‘zimsan, borsanki — yorug‘,
Ham otash qalbimsan — dargohi yurak.
Sen nurli — istiqlol buyuk va ulug‘,
Vatan sen — onamsan
Hammadan yuksak...
Xayolim o‘zingsan —
Niyat o‘zingsan,
Umidim o‘zingsan —
Baxtim Vatanim.
Agar sen bo‘lmasang
Menga ne hayot,
Ming parcha-parchadir
Bu jon, bu tanim...
Vatan iforingdan
Aylanay, axir
Muazzam tongingda
Xurshidi — jon bor.
Sohibqiron ruhi
Qo‘llagan taqdir —
Yurt baxti, el baxti
Buyuk Sarbon bor.
Qoshi ko‘zginangga
Tushmasin bir gard,
Men ko‘ray, sen aslo
Hech ko‘rmagin dard.
Ertang buguningdan
Go‘zalroq yurtim,
Indini ertadan
Totliroq yurtim...
Sen borsan — men borman
Biz bormiz Vatan...



Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling