O‘zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi respublika ta'lim markazi


Download 151 Kb.
bet11/12
Sana03.12.2023
Hajmi151 Kb.
#1799607
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5 - 9 синф адабий материаллар 2

Tohir Malik
Tohir Malik — taniqli oʻzbek yozuvchisi. Oʻzbek adabiy fantastikasining asoschilaridan biri, maʼrifat arbobi. „Doʻstlik“ ordeni va „Oʻzbekiston xalq yozuvchisi“ faxriy unvoni sohibi.
Tarjimai holi
1946-yilning 27 dekabrida Toshkent shahrida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida oʻqib, kunduz qurilish ishlarida qatnashgan. 1966-yildan beri Oʻzbekiston radiosida, gazeta va jurnallar tahririyatida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida, nashriyotlarda faoliyat yuritgan. Barcha tengdoshlari singari u ham urushdan keyingi turmush qiyinchiliklarini boshidan kechirgan. Oilada besh farzand boʻlib Tohir Malik eng kenja farzand boʻlgan. Tohir maktabga bormay turiboq, dars tayyorlab oʻtirgan akalari va opalari yonida savodni oʻzlashtirgan. Ukasining kitobga boʻlgan ixlosini sezgan akalari unga — “”Mard yigit”  ertaklar toʻplamini sovgʻa qilishadi va ushbu kitobni hozirga qadar eʼzozlab saqlashini aytgan. Taniqli oʻzbek adibi va tarjimoni Mirzakalon Ismoiliy Tohir Malikning togʻasi boʻlib, uni 1949 yilda "xalq dushmani" degan tuhmat bilan qamoqqa olishadi. Bu haqida adibning oʻzi ushbu soʻzlarni aytgan:





Kechasi uygʻonib ketib qarasam, ayam rahmatli qorachiroq nurida doʻppi tikib oʻtiribdilar. Qoʻllari ishda-yu, koʻzlarida yosh. "Nega yigʻlayapsiz?" deb soʻradim. Javob bermadilar. Sababini oradan yillar oʻtib bildim. Togʻamning "xalқ dushmani" emasligi maʻlum boʻlib, "oqlanib" chiqqanlarida ikkinchi sinfda oʻqirdim. Dastlabki mashqlarim oʻshanda boshlangan. Ammo yozganlarimni talabchan togʻamga koʻrsatishga choʻchir edim.





Tohir Malikka „Oʻzbekiston xalq yozuvchisi“ unvoni berilgan. Mustaqillik yillarida eng koʻp adadda kitob chop ettirgan Tohir Malikdir.


Yozuvchining bir qator asarlari kitobxonlar orasida oʻtkazilgan soʻrov asosida turli yillarda yillik mukofotlar bilan, xususan Gʻafur Gʻulom nomidagi mukofotlar bilan taqdirlangan. Yoshlar tarbiyasiga oid asarlari inobatga olinib Maorif fidoyisi unvoni berilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov farmoni bilan Doʻstlik  ordeni va Oʻzbekiston xalq yozuvchisi faxriy unvoni bilan taqdirlangan



Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling