Tarixiy ma’lumotlardan xabardorlik kompetensiyasi
Dunyo xalqlarining madaniyati, ma’naviyati hamda dunyoviy va diniy qadriyatlarini tarixiy tasavvur qilgan holda mohiyatini tushunish, tahlil qilish va xulosa chiqarish
|
7.1.1.1. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo va Yevropa davlatlari madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qiladi hamda xulosa chiqaradi.
|
7.1.1.2. Arab xalifaligi davrida
madaniyatning rivojlanishi haqida ma’lumotlar bera oladi.
|
7.1.1.3. O‘rta Osiyo va Yevropa xalqlarining dunyoviy va diniy qadriyatlaridagi o‘zgarishlar
mohiyatini anglaydi.
|
7.1.1.4. Mayyalar, atsteklar va inklar
sivilizatsiyalari haqida biladi va ularni tahlil qiladi.
|
7.1.1.5. O‘rta asr va hozirgi davr madaniyatini o‘zaro taqqoslaydi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi.
|
Tarixiy davr va voqealarni o‘zaro taqqoslash orqali o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini tushuntira olish
|
7.1.2.1. O‘rta asrlarda O‘zbekiston tarixi va Jahon tarixidagi davlatlarda ro‘y bergan voqealarni taqqoslash orqali ijtimoiy-iqtisodiy
xususiyatlarini tushuntira oladi
|
Tarixiy shaxslarning faoliyati va ularning tarixda tutgan o‘rni haqida ma’lumot bera olish
|
7.1.3.1. Yurtimiz va jahonda Vatan tinchligi uchun harakat qilgan tarixiy shaxslar faoliyatini biladi.
|
7.1.3.2. O‘rta Osiyo Uyg‘onish davri olimlari faoliyatini hamda ularning ilmiy merosini bugungi kundagi ahamiyatini anglagan holda
ma’lumot bera oladi.
|
|
7.1.3.3. Dunyo ilm-faniga hissa
qo‘shgan yevropalik olimlar faoliyati haqidagi ma’lumot bera oladi.
|
O‘rganilayotgan davrning asosiy voqealari va shaxslarini xronologik ketma-ketlikda tushuntirish
|
7.1.4.1. O‘rta asr davlatlarini ketma- ketlikda tashkil topish davri va hukmdorlari xronologiyasini tuza oladi.
|
Tarixiy voqea-hodisalar to‘g‘risida mustaqil fikr yuritib, ularning kelib chiqish omillari
haqida bilish
|
7.1.5.1. O‘rta asr Osiyo va Yevropa xalqlari voqea-hodisalari haqida mustaqil fikr bildirgan holda o‘z
qarashlarini bildira oladi.
|
O‘tmish, hozirgi, kelajakni o‘z ichiga olgan jarayonlar bilan bog‘liq atamalarni to‘g‘ri qo‘llay olishi
|
7.1.6.1. O‘rta asr davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga oid atamalarni o‘z o‘rnida qo‘llay oladi.
|