TALANT — shaxsning ma‘lum faoliyati ifodalanadigan qobiliyatlarning yuqori
darajasi.
FRENOLOGIYA - odamda u yoki bu xildagi qobiliyatlarning o‘sganligini bosh
suyagining tuzilishiga qarab aniqlash mumkin degan nazariya bo‘lib, bu nazariya
avstriyalik vrach F. Gall tomonidan tavsiya etilgan.
AVTONOM NUTQ (bolaning antonom nutqi) - ko‘p ma‘no va noaniq so‘zlari
bilan xarakterlanadi, ichki nutq bo‘lib, bunda turli predmetlarning bir-biri bilan beqaror
va o‘zviy bog‘liqligi tufayli so‘zlarning ma‘nosi ham vaziyatga qarab o‘zgaradi.
Bolalarning avtonom nutqi kattalar nutqiga o‘tish davri hisoblanadi. Avtonom nutqi teng
yoshli bolalarda yaqqol namoyon bo‘ladi.
AVTORITARIZM (lot. to‘la hokimiyat, buyurish) - buyruq. asosidagi talablarga ko‘r-
ko‘rona, o‘ylamasdan bo‘ysunish. Uni avtoritet (lot. kuch, obro‘) so‘zi bilan
almashtirmaslik kerak, negaki ushbu so‘z shaxsdagi kugshilik tomonidan tan olingan
fazilat, qadr-qiymat ma‘nosini anglatadi.
ADEKVATLIK (lot. tenglashtirilgan) -teng, o‘xshash, muvofiq, munosib kelmoq.
AKALKULIYA - bosh miya yarim sharlari qobig‘ining shikastlanishi natijasida arifmetik
masalalarni echish qobiliyatining bo‘zilishi yoki umuman yo‘lolishi.
AKSELERATSIYA (lot. Tezlashtirmoq)
_
organizm rivojlanishining jadallashishi,
erta jinsiy etilish.
ALTRUIZM (lot. boshqa) - o‘z manfaatlaridan boshqalarga holisona g‘amxo‘rlik
qilish, yordam ko‘rsatish, yaxshilik qilishni ustun qo‘yish (qarama-qarshi so‘z -
egoizm).
AMBINALENTLIK (lot. ikkala kuchga ega) - bir kishining o‘zida bir ob‘ektga nisbatan
paydo bo‘ladigan irodaviy emotsional holati (masalan, rashkda sevgi va nafrat bir vaqtda
kechirilishi).
181
Do'stlaringiz bilan baham: |