AMORF (grekcha - shaklning rad etilishi) - shaklsiz, bo‘zilib ketishga monand.
ANALIZATOR (grekcha - qismlarga bo‘lish, qismlash) -ta‘sirlarni analiz va sintez qiluvchi
nerv mexanizmlarining tuzilishi.
APROBATSIYA QILISH (lot. ma‘qullash, qabul qilish) -ma‘qullash, tasdiqlash.
ASSOTSIATSIYA (lot. birlashtiraman, bog‘layman, qo‘shaman) psixologiyada - psixika
hodisalarining bog‘lanishi tufayli ongimizda paydo bo‘ladigan muayyan tasavvurlar:
o‘xshashlik yoki qarama-qarshi belgilarga ko‘ra boshqa tasavvurlarni hosil qilish.
ASSOTSIATIV EKSPERIMENT (PSIXOLOGIYA) - axamiyatli va neytral turtkichni
o‘rtaga tashlangan holda kishining psixik holati tajribalarning hosil qilingan
assotsiatsiyalarni aniqlashga qaratilgan tajriba metodi.
AQLIY HARAKATLARNI BOSQICHMA-BOSQICH SHAKLLANTIRISH
(P.YA. GALPERIN) - insonda yangi harakat, obraz va tushunchalarning paydo bo‘lishi
bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p qirrali murakkab o‘zgarishlar haqidagi ta‘limot. U bir necha
bosqichlardan iborat motivatsiyaning shakllanishi, harakatning asoslarini taxminan
to‘zish orqali ifoda qilish, harakatning moddiy shaklda tarkib topishi, ijtimoiylashgan
kuchli tashqi nutq harakatning tashqi va ichki nutqda shakllanishi, nihoyat, oxirgi natija
— interiorizatsiya — aqliy faoliyat.
AQLIY RIVOJLANISH KOEFFITSIENTI (ingl. ntellekcualquotion — IQ) —
aqliy yosh (AYo) va xronologik asl yosh (XAYo) orasidagi (AYo)XAYo) *100 q IQ
Intellektning biror-bir esh shkalasiga suyangan holda test natijalari orqali aqdiy
rivojlanishni aniqlash mumkin.
AQLIY HATTI-HARAKAT - tashqi muhit va tashqi nuqta suyanmagan holdagi idrokning
ichki rejalarda bajariladigan hatti-harakatlar.
AFFEKT (lot. ruhiy his-hayajon) — irodaviy nazoratni yo‘lotgan holda tez va kuchli
paydo bo‘lib, shiddat bilan o‘tadigan qisqa muddatli emopional holat.
Do'stlaringiz bilan baham: |