O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi


K.Byulerning 3 bosqichli nazariyasi


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/40
Sana15.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1202981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya OQUV QOLLANMA

K.Byulerning 3 bosqichli nazariyasi 
Tadqiqotning asosiy predmeti 
Psixik 
rivojlanish 
qonuniyatlari, 
bola 
psixikasining rivojlanish bosqichlarini ajratish 
(instinkt, o‘rgatish, intellekt) 
Tadqiqot metodlari 
Zoopsixologik eksperiment 
Asosiy tushunchalar 
Instinkt, 
o‘rgatilgan 
bilish, 
intellekt, 
funksional qoniqish, rohatlantiruvchi qoniqish 
Asosiy g‘oyalar 
Hayvonlar 
psixikasi 
evolutsiyasining 
qonuniyatlarini bola psixik rivojlanishga 
o‘tkazish, bola psixikasini hayvonlar psixikasi 
va kata yoshli madaniyatli odam psixikasi 
o‘rtasidagi bog‘lovchi evolutsion jarayon 
sifatida ko‘rish rivojlanishda emotsiyaning roli
Rivojlanish omillari 
Preformizm, nasliy 
Qiymati
Eksperimentni bola rivojlanishini o‘rganishda 
qo‘llash, rivojlanish g‘oyasi 
Tadqiqotning yo‘nalganligi 
biologik yondashuv odam rivojlanishining 
o‘ziga xosligini rad etish ko‘rmaslik, bola 
imkoniyatlarini pasaytirish 
 
L.S.Vigotskiyning takidlashicha, Byulerning nazariy tuzilmalarida qadrli 
biologik rivojlanishni umumiy sohasida psixik rivojlanishni rivojlanish va 
tendensiyalarini barcha g‘oyalarini ko‘rib chiqasi. Biroq ma‘naviy hayotni butun 
to‘liqligini biologik ildizlaridan psixik funksiya va shakllarini yuzaga chiqarish 
kata miya o‘zagi tuzilishi rivojlanishida normal bolaning muvaffaqiyatlari 
sabablarini toppish. Byuler pozitsiyasini prinsipial chegaralaydi, antidialektikka 
aylantiradi. Psixikani filogenez va ontogenezi biologik evolutsiya qonunlariga bir 
xil darajada bo‘ysunadilar. 


33 
Konvergensiya nazariyasi, yoki uni yana ikki omil nazariyasi deb 
nomlaydilar, biologik va ijtimoiy omillarning o‘zaro munosabatini ko‘rib 
chiquvchi differensial psixologik sohasi mutaxassisi, nemis psixologi V.Shtern 
(1975-1938) tomonidan ishlab chiqilgan. Bu nazariyaning mohiyati shundan 
iboratki, bolaning psixik rivojlanishi nasl va muhit ta‘siri ostida shakllanadigan 
jarayon sifatida ko‘rib chiqiladi. Konvergensiya nazariyasining asosiy masalasi 
axloqning egallangan shakllari qanday yuzaga keladi va ularga nasliylik hamda 
atrof-muhitning qanday ta‘sir ko‘rsatishini o‘rganishdan iborat. 
Psixologiyada shu vaqtda ikkita nazariy konsepsiya mavjud bo‘lgan: 
empirizm («inson» - toza doska») va nativism (tug‘ma g‘oyalar mavjud). Shtern 
agar bu ikki qarama-qarshi nuqtayi nazarning mavjud bo‘lishi uchun asos bor 
bo‘lsa, unda haqiqat ularning birlashuvidan iboratligini taxmin qildi. U psizik 
rivojlanish tashqi sharoitlar bilan ichki ma‘lumotlarning birlashuvidir, biroq 
yetakchi ahamiyat baribir tug‘ma omil ortida qoladi, deb hisoblaydi. Bunga misol 
sifatida quyidagi fakt xizmat qilishi mumkin: atrof olam bolaga o‘yin uchun 
material yetkazib beradi, uning qanday va qayerda o‘ynashi esa o‘yin instinktining 
tug‘ma komponentlariga bog‘liq bo‘ladi. 
V.Shtern rekapitulyatsiya konsepsiyasi tarafdori bo‘lgan va bola 
go‘daklikning birinchi oylarida sut emizuvchilar bosqichida bo‘linishi: bu 
reflektorli va impulsive axloq bilan tasdiqlanishi; hayotining ikkinchi yarim 
yilligida u predmetlarni tutib olish va taqlid sharofati bilan oliy sut emizuvchi 
(maymun)lar bosqichiga erishishi; kelgusida to‘g‘ri yurish va nutqni egallagach, 
insoniy holatning dastlabki pog‘onasiga chiqishi; o‘yin va ertaklarning birinchi 
besh yilida u ibtidoiy aholi pog‘onasida turishi; yangi bosqich-maktabga boorish – 
hiyla yuqori darajadagi ijtimoiy majburiyatlarni egallashi bilan bog‘liq ekanini 
aytadi. Dastlabki maktab yillari antic va qadimgi dunyoning eng oddiy mazmuni 
bilan, o‘rta sinflar-xristian madaniyati, yetuklik yillari esa-yangi vaqt madaniyati 
bilan bog‘liq. 
Psixologiya fanida ontogenezni davrlarga tabaqalash bo‘yicha qator mustaqil 
nazariyalar mavjud, ular inson shaxsini tadqiq qilishga har xil nuqtai nazardan 


34 
yondashadi va muammoning mohiyatini turlicha yoritadi. Ularga biogenetic, 
sosiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik, bixevioristik nazariyalarni 
kiritish mumkin. 
Quyida mazkur nazariyalar va ularning ayrim namoyondalari ifodalangan 
yosh davrlarini tabaqalash prinsiplarini ko‘rib chiqamiz. 
Biogenetik nazariyada insonning biologic yetilishi bosh omil sifatida qabul 
qilingan, qolgan jarayonlarning rivojlanishi ixtiyoriy bo‘lib, ana shu omil bilan 
o‘zaro bog‘liqdir. Mazkur nazariyaga binoan, rivojlantirishning bosh maqsadi 
biologik determinantlarga (aniqlovchilarga) qaratiladi va ulardan ijtimoiy-
psixologik xususiyatlar kelib chiqadi. 
Rivojlanish jarayonining o‘zi, dastavval biologic yetilishning universal 
bosqichi sifatida talqin qilinadi. 
Biogenetik qonunni F.myuller va E.Gekkel kashf qilgan. Biogenetic qonun 
tana 
a‘zolarining 
rivojlanishi 
nazariyasini 
tashviq 
qilishda 
hamda 
antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o‘ynagan. Biroq 
unda tana a‘zolarining individual va tarixiy rivojlanishi muniosabatlarini 
tushuntirishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, biogenetic qonunga 
ko‘ra, shaxs psixologiyasining individual rivojlanishi (ontogenez) butun 
insoniyatning tarixiy rivojining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha 
takrorlaydi.
Nemis psixologi V.Shterenning fikricha, chqaloq (yangi tug‘ilgan bola) hali 
odam hisoblanmaydi, balki faqat sut emizuvchi hayvondir; olti oylikdan oshgach, 
u psixik rivoji jihatidan faqat maymunlar darajasiga tenglashadi, ikki yoshida 
oddiy odam holiga keladi, besh yoshlarida ibtidoiy gala holidagi odamlar 
darajasiga yetadi, maktabga kirganidan boshlab ibtidoiy davrni boshidan 
kechiradi, kichik maktab yoshida uning ongi o‘rta asr kishilari darajasiga, nihoyat, 
yetuklik davri (16-18 yoshlari) dagina hozirgi zamon kishilarining madaniy 
darajasiga erishadi. 
S.Xoll ―rekapitulyasiya qonuni‖ ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) 
psixologik o‘sishning bosh qonuni deb hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenez 


35 
filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning talqinicha, go‘daklik 
hayvonlarga xos rivojlanish pallasidan boshqa narsa emas. Bolalik esa asosiy 
mashg‘uloti ovchilik va baliqchilik bo‘lgan qadimgi kishilarning davriga aynan 
mos keladi. 8-12 yoshlardagi o‘sish davri yovvoyilikning oxiri va sivilizasiyaning 
boshlanishidagi kamolotga tengdir. O‘spirinlik esa jinsiy yetilishdan (12-13 
yoshdan) boshalnib yetuklik davrigacha (22-25 yoshgacha) davom etib, 
romantizmga barobardir. S.Xollning talqinicha, bu davrlar ―bo‘ron va tazyiqlar‖, 
ichki va tashqi nizolar (ziddiyatlar)dan iborat bo‘lib, odamda ―individual tuyg‘usi‖ 
vujudga keladi. Yosh davrlarini tabaqalashning bu turi o‘z navbatida tanqidiy 
mulohazalar manbai vazifasini o‘taydi, chunki inson zotidagi rivojlanish 
bosqichlari filogenezni aynan takrorlamaydi va takrorlashi ham mumkin emas. 
Biogenetik konsepsiyasining boshqa 
bir turi nemis ―konstitusion 
psixologiyasi‖ (insonning tana tuzilishiga asoslangan nazariya) namoyondalari 
tomonidan ishlab chiqilgan. E.Krechmer shaxs (psixologiyasi) tipologiyasining 
negiziga bir qancha biologik omillarni (masalan, tana tuzilishining tipi va 
boshqalarni) kiritib, insonning jismoniy tipi bilan o‘sishining xususiyati o‘rtasida 
uzviy bog‘liqlik mavjud, deb taxmin qiladi. E.Krechmer odamlarni ikkita katta 
toifaga: sikloid (tez qo‘zg‘aluvchi, his-tuyg‘usi o‘ta beqaror) va shizoid (odamovi, 
munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg‘usi cheklangan)larga ajratadi. Bu 
taxminini yosh davrlari xususiyatlariga ham tatbiq etib, o‘smirlar sikloid 
xususiyatli, o‘spirinlar esa schizoid xususiyatliligini ta‘kidlaydi. Lekin insonning 
kamol topishida biologic shartlangan sifatlar hamisha yetakchi va hal qiluvchi rol 
o‘ynay olmaydi, chunki shaxsning individual-tipologik xususiyatlari bir-biriga 
aynan mos tushmaydi.
Biogenetic nazariyaning namoyondalari amerikalik psixologlar F 
A.Gezell va S.Xoll rivojlanishining biologic modeliga tayanib ish ko‘radilar, 
bu jarayonda muvozanat, integrasiya va yangilanish siklllari o‘zaro almashinib 
turadi, degan xulosaga keladilar.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling