O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi
Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza mashg`uloti rejasi
Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar.
1. Psixik taraqqiyotning omillari, shartlari va harakatlantiruvchi kuchlari haqida ma‘lumot bering? 2. Psixik taraqqiyot va ta‘limning o‘zaro munosabati deyilganda nimani tushunasiz? 3. Psixik taraqqiyotning qonuniyatlari nimalardan iborat? 4. Etakchi faoliyat deyilganda nimani tushunasiz? 5. Yosh davrlarini tasniflab bering? 6. Yosh davrlarini tabaqalash haqidagi turli nazariyalar haqida ma‘lumot bering? 3-mavzu:Endogen va ekzogen yo’nalishlarda rivojlanish nazariyasi Mashg`ulot shakli:Obzorli-ma‘ruza tushunib olish, esda qolishi kerek bo`lgan bilimlar zahirasini talabalarga ilmiy ma‘lumotlarni bayon etish va tushuntirishga qaratilgan. Ma’ruza mashg`uloti rejasi: 1. K.Byuler bo‘yicha rivojlanishning uch bosqichli nazariyasi. 2. X.Vernerning ortogenetik konsepsiyasi. 3. Rivojlanishni tushuntirishning biogenetik yo‘nalishi. 4. V.Shternning rivojlanishni ikki omilli konvergensiya nazariyasi. 5. Dastlabki bixeviorizm nazariyasining sharhi. 31 Ko‘zga ko‘ringan avstriyalik psixolog K.Byuler bir muddat Vyursburg maktabi doirasida ishlagan bo‘lib, o‘zining bolani psixik rivojlanish konsepsiyasini tuzdi. U rivojlanishning butun yo‘lini maymundan to kata yoshli madaniyatli odamgacha ko‘rsatishga harakat qilgan. Byuler bo‘yicha tadqiqot vazifasi rivojlanishda doimiy asosiy tashqi ta‘sirlarga bog‘liq bo‘lmagan qonuniyatlarni sof holda topish edi. Byulerning fikricha, bolalik rivojlanishining birinchi yillarini o‘rganish uchun eksperimentning mos shakli zoopsixologiya sohasidan olinishi mumkin. K.Byuler bola rivojlanishidagi uch bosqich nazariyasi muallifi sifatida mashhur. Har bir bola o‘z rivojlanishida hayvonlar harakatlari shakli evolutsiyasi bosqichlariga mos bosqichlarni bosib o‘tadi, instinkt, o‘rgatish, intellekt. U biologic omillarni asosiy debko‘rsatib o‘tadi. Byuler bolalikdagi rivojlanishni biologic jihatdan asoslanganligini qobiliyatlarni nasliyligini ta‘kidlagan, lekin mashqlarsiz tabiiy qobiliyatlar to‘liq ochilmaganligini aytib o‘tgan. Instinkt rivojlnishning quyi darajasi xulq usullarini nasliy fondi qo‘llanilishga tayyor bo‘lgan va faqatgina ma‘lum stimullarga muhtoj bo‘lgan. Odamda instinktlar noaniq-sust kata individual farqlarga ega bo‘lgan. Bolada tayyor instinktlar to‘plami baqirish, so‘rish, yutish, himoya refleksi kabilar mavjud bo‘ladi. O‘rgatish turli hayotiy vaziyalarga moslashish imkonini beradi, maqtov va jazolashlarga yoki omad va omadsizliklarga tayanadi. Byuler bo‘yicha bolalar o‘yini hayvonlardagi o‘yinning tabiiy davomi shu bosqichda yuzaga keladi. Rivojlanishning bir bosqichidan boshqasiga o‘tishda emotsiyalar ham rivojlanadi. Shunga ko‘ra, faoliyatning yakunidan boshigacha rohatlanishning almashinishi sodir bo‘ladi. Harakat va emotsiyani evolutsion erta taqqoslanishi quyidagicha avval harakat, so‘ng uning natijasida rohatlanish. So‘ngra harakatdan funksional qoniqish bilan kechadi, ya‘ni jarayonni o‘zidan qoniqish va nihoyat qoniqish tasavvuri harakatning o‘ziga o‘tadi. Byuler uchun asosiysi tafakkurning psixik rivojlanishda ijodkorlik rolini o‘rganish edi. Shunday qilib, u bolada nutqni 32 uni yaratish kattalar bilan muloqot jarayonida bola tomonidan o‘ylab topishi sifatida rivojlanish nazariyasini taklif qildi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling