O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Xo`jalik yuritish shakllari, ularning umumiyligi va


Download 0.92 Mb.
bet19/115
Sana02.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1320620
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

3. Xo`jalik yuritish shakllari, ularning umumiyligi va
farqli xususiyatlari.

Mulk shakllarining xilma-xilligi xo`jalik yuritish usullarini farqlashni taqozo etadi. O`zbekiston Respublikasida xo`jalik yuritish usullarining yoki tadbirkorlik faoliyatining quyidagi shakllariga ruxsat berilgan:



Yuqorida sanab o`tilgan shakllarning birinchisidan tashqari barchasida korxonalar tuzish kerak bo`ladi. Shu bois korxona turlarining hammasi xo`jalik yuritishdan xolos bo`lmasligi kerak. Korxonalarning mulkiy maqomi va xo`jalik yuritish uslubi har xil bo`ladi. Bu yerda turli korxonalar ish yuritadilar. Ularning asosiy turlari quyidagicha:
1. Xususiy korxona xususiy mulk asosida faoliyat yurituvchi korxona, fuqarolar (oila) mablag`laridan, olingan daromadlardan, kreditlardan va boshqa qonuniy manbalardan tashkil topadi.
Xususiy korxonaning asosan ikki xili mavjud. Birinchisi, xususiy faoliyat bilan bog`liq xususiy korxona bo`lib, bunda bitta shaxsga mulkdor va xodimning birlashishiga asoslanadi. Ikkinchi xil xususiy korxona - ishlab chiqarish vositasi egasi shartnoma asosida yollanma xodimlardan foydalanishiga asoslanadi.
2. Davlat korxonasi davlat reja va shartnomalariga muvofiq o`z-o`zini boshqarish sharoitida mahsulot ishlab chiqaradi va realizatsiya qiladi, ishlarni bajaradi va xizmatlar ko`rsatadi. Davlat korxonasi yuridik shaxs hisoblanadi va davlat mulki bazasida faoliyat ko`rsatadi.
3. Mas'uliyati cheklanmagan korxona - odatda jamoa mulki bo`lgan korxona, uning mol-mulki sherikchilik yo`li bilan egalik qilinadi. Uning faoliyati uchun barcha egalari javobgar bo`ladi. Hozir kichik biznes sohasida keng tarqalgan.
4. Mas'uliyati cheklangan korxona - jamoa korxonasi, lekin mol-mulki uni ta'sis etuvchilarning pay (hissa) mablag`i asosida shakllanadi. Mazkur turdagi korxonalarning alohida shakllari borki, ularga aralash firmalar, aktsioner jamiyatlar kiradi.
5. Aralash firmalar - turli mulk shakliga taalluqli firmalar. Ular xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash mablag`lariga tayanadi. Shunday firmalar qatoridan qo`shma korxonalar ham o`rin oladi. Aralash firmalar milliy va xorijiy kapitalga tayangan korxonalardir. Ular kapitali hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi shunga qarab taqsimlanadi.
Demak, O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti hozirgi bozor munosabatlariga o`tish davrida mulkchilik va ko`p ukladlilik xususiyatiga ega hamma qonunga ko`ra fuqarolarga, tashkilotlarga va boshqa mulkdorlarga ularning mulkiy huquqini himoya qilish va ulardan samarali foydalanish uchun teng sharoitlar yaratiladi.
Bular O`zbekistonning mavjud barcha potentsialidan foydalanish asosida iqtisodiyotni ko`tarishga ta'sir etuvchi strategik yo`nalish hisoblanadi.



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling