O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Download 0.94 Mb.
bet108/115
Sana31.01.2024
Hajmi0.94 Mb.
#1833138
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   115
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni

JAHON IQTISODIYoTI


MAVZU : JAHON XO`JALIGI VA UNING RIVOJLANISh QONUNIYaTLARI.


Asosiy savollar:



  1. Jahon xo`jaligi tizimini vujudga kelishining ob'ektiv asoslari va mohiyati.

  2. Iqtisodiy rivojlanishning umumbashariy yo`nalishlari.

  3. O`zbekiston Respublikasining jahon xo`jaligi iqtisodiyotiga kirib borish muammolari.



Tayanch iboralar :


Jahon xo`jaligi. Xalqaro mehnat taqsimoti. Ishlab chiqarishdagi baynalminallik. Xalqaro iqtisodiy integratsiya. Mustamlakachilik munosabatlari. Iqtisodiy darajalarni yakinlashuvi. Jahon bozori. Baynalminal xarajatlar. Mehnat sarflari. Tranemilliy korporatsiyalar. Erkin iqtisodiy zonalar. Erkin sanoat zonalar. Texnologik zonalar. Ochiq hududlar. Iqtisodiy hamkorlik tashkilotlar. yevropa ittifoqi.


1.Jahon xo`jaligi tizimini vujudga kelishining ob'ektiv asoslari va mohiyati.

Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim xarakterli xususiyatlaridan biri turli mamlakatlar va xo`jalik regionlari o`rtasida o`zaro bog`liqliklarning o`sib borishi hisoblanadi.


Jahon xo`jaligida har bir o`zgarish dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatlarini o`ziga tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valyuta, moliya sohasidagi jahon tamoyillariga bog`liq rivojlanishi ob'ektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi davrda har qanday mamlakatni, uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan bo`lishidan qat'iy nazar, jahon xo`jaligi aloqalariga jalb qilmasdan uning to`laqonli iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash mumkin emas.
Hozirgi xo`jalik aloqalarining chuqurlashib borayotganligi baynaminallashuvining kuchayishi hamda fan - texnika revolyutsiyasining keng qamrovli xarakteri, aloqa va kommunikatsiya vositalarining butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o`z-o`zini ta'minlash orqali samarali amal qilishi mumkin emas.
Milliy xo`jaliklar va ular o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar negizida, shakllangan jahon xo`jaligi asosida xalqaro mehnat taqsimoti yotadi.
Dastlabki vaqtlarda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlarga asoslangan edi, sanoat tuntarishdan keyin ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etdi, va milliy xo`jalik doirasidan o`sib chiqa boshlagach ularning negizidan barqaror mehnat taqsimoti, va jahon bozori tarkib topdi.
Xalqaro mehnat taqsimoti va ayriboshlashda qatnashayotgan mamlakatlar bir xil sharoitda emas. Bu hol ularni turli geografik o`rni, tabiiy resurslarning tarkibi va miqdori, rivojlanish ko`lami, darajasi va iqtisodiyotni tuzilishi ichki bozorni hajmi bilan belgilanadi.
Ana shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlarni ishlab chiqarishdagi xarajatlar darajasi ham turlicha bo`ladi.Shuning uchun har bir mamlakat o`zi nisbatan kulayroq, kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotishga va aksincha, jahon bozoridan o`zidan ishlab chiqarish uchun xarajat ko`proq bo`ladigan yoki tabiiy yoxud boshqa sharoitlarga ko`ra umuman ishlab chiqarib bo`lmaydigan tovarlarni sotib olishga intiladi.
Tovarlar mamlakatlar o`rtasida jahon narxlari asosida ayriboshlanadi. Ular baynalminal qiymatga asoslanadi. Buning ma'nosi shuki, ijtimoiy zaruriy baynaminal mehnat sarflari jahon bozorida e'tirof qilinadi.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling