O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi
Download 0.94 Mb.
|
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mulkchilikning demokra-tiyalashuvi ikki yo`l bilan o`tkaziladi.
Jamoa mulki, xususan, umumxalq mulki ba'zan territorial belgilar bo`yicha ham ajratiladi. Bu holda regional (hududiy) mulk va munitsipal (maxalliy) mulk shakllarini ko`rish mumkin. Mulkning bunday shakllarga ajratilishi yana shunday holat bilan izohlanadiki, ularni ma'lum ma'noda shu hududdagi hokimiyat organlari, deylik mahalliy hukumat boshqaradi. Yana ham ko`proq tarqalgan mulk shakli davlat mulki bo`lib, ko`pincha unga regional va munitsipal mulklarni ham kiritib hisoblanadi. Odatda, davlat mulkining sub'ekti sifatida davlat qatnashadi deb hisoblash qabul qilingan, lekin bunda «davlat» tushunchasi nimani anglatishi aniq emas. Davlat organlari (hoh qonun chiqaruvchi, hoh ijrochi) boshqarish huquqiga ega bo`lgan mulk ob'ekti davlat mulki hisoblanadi deyish ancha haqiqatga yaqin bo`ladi.
Shuni ta'kidlab o`tish kerakki, davlat mulki bilan umumxalq mulki o`rtasida aniq bir chegara o`rnatish birmuncha qiyindir. Bozor islohotlarining bosh bo`g`ini bu mulkchilik shakllarini tubdan o`zgartirishdir, chunki yangicha iqtisodiyot turli mulk shakllarining erkin va raqobat asosida rivojlanishini bildiradi. Shu boisdan, hamma yerda mulk davlat tasarrufidan chiqarilib, xususiylashtiriladi, davlatlashgan iqtisodiyot bor joyda xo`jalik yuritish ham davlat ixtiyoridan chiqarilib, boshqalarga beriladi. Mulkchilikning demokra-tiyalashuvi ikki yo`l bilan o`tkaziladi. Birinchisi - xususiylashtirish, ya'ni davlat mulki hisobidan nodavlat mulk shakllarini hosil etish, ikkinchisi - reprivatizatsiyadir. Bunda, oldin davlat ixtiyoriga olingan mulk uning egasiga qaytadan xususiy mulk etib qaytariladi. Totalitar tuzumdan chiqqan mamlakatlarda reprivatizatsiya yuz bermaydi yoki juda kam bo`lishi mumkin. Mulkiy islohot pulni jamg`arish hisobidan, ya'ni korxonalar qurish hisobidan, xususiy mulkning yangidan hosil bo`lishiga ham yo`l qo`yadi. Islohotlar qonun yo`li bilan barcha mulk shakllarining tengligi, daxlsizligi va davlat himoyasiga olinishini kafolatlaydi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasiga binoan har bir shaxs mulkdor bo`lishiga haqli, barcha mulk shakllarining huquqiy jihatdan bab-barobar muhofaza etilishi kafolatlangan, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida turadi. O`zbekistonda mulkiy islohot jamoa uchun ustuvorlik berish yo`sinida boshlanadi. Bunda korxona mol-mulki uning jamoasiga beriladi. Bundan maqsad xususiylashtirish jarayonida ko`proq jamoa mulkini o`stirish bo`ladi. Shuningdek aktsionerlash ham mavjud, unda chet el kapitali ham ishtirok etib, mulkni sotib olishi mumkin. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling