O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi
Xo`jalik yuritish shakllari, ularning umumiyligi va
Download 0.94 Mb.
|
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni
3. Xo`jalik yuritish shakllari, ularning umumiyligi va
farqli xususiyatlari. Mulk shakllarining xilma-xilligi xo`jalik yuritish usullarini farqlashni taqozo etadi. O`zbekiston Respublikasida xo`jalik yuritish usullarining yoki tadbirkorlik faoliyatining quyidagi shakllariga ruxsat berilgan: yakka tartibdagi mehnat faoliyati; xususiy faoliyat; shirkat usulida xo`jalik yuritish; aralash xo`jalik yuritish; Yuqorida sanab o`tilgan shakllarning birinchisidan tashqari barchasida korxonalar tuzish kerak bo`ladi. Shu bois korxona turlarining hammasi xo`jalik yuritishdan xolos bo`lmasligi kerak. Korxonalarning mulkiy maqomi va xo`jalik yuritish uslubi har xil bo`ladi. Bu yerda turli korxonalar ish yuritadilar. Ularning asosiy turlari quyidagicha: 1. Xususiy korxona xususiy mulk asosida faoliyat yurituvchi korxona, fuqarolar (oila) mablag`laridan, olingan daromadlardan, kreditlardan va boshqa qonuniy manbalardan tashkil topadi. Xususiy korxonaning asosan ikki xili mavjud. Birinchisi, xususiy faoliyat bilan bog`liq xususiy korxona bo`lib, bunda bitta shaxsga mulkdor va xodimning birlashishiga asoslanadi. Ikkinchi xil xususiy korxona - ishlab chiqarish vositasi egasi shartnoma asosida yollanma xodimlardan foydalanishiga asoslanadi. 2. Davlat korxonasi davlat reja va shartnomalariga muvofiq o`z-o`zini boshqarish sharoitida mahsulot ishlab chiqaradi va realizatsiya qiladi, ishlarni bajaradi va xizmatlar ko`rsatadi. Davlat korxonasi yuridik shaxs hisoblanadi va davlat mulki bazasida faoliyat ko`rsatadi. 3. Mas'uliyati cheklanmagan korxona - odatda jamoa mulki bo`lgan korxona, uning mol-mulki sherikchilik yo`li bilan egalik qilinadi. Uning faoliyati uchun barcha egalari javobgar bo`ladi. Hozir kichik biznes sohasida keng tarqalgan. 4. Mas'uliyati cheklangan korxona - jamoa korxonasi, lekin mol-mulki uni ta'sis etuvchilarning pay (hissa) mablag`i asosida shakllanadi. Mazkur turdagi korxonalarning alohida shakllari borki, ularga aralash firmalar, aktsioner jamiyatlar kiradi. 5. Aralash firmalar - turli mulk shakliga taalluqli firmalar. Ular xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash mablag`lariga tayanadi. Shunday firmalar qatoridan qo`shma korxonalar ham o`rin oladi. Aralash firmalar milliy va xorijiy kapitalga tayangan korxonalardir. Ular kapitali hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi shunga qarab taqsimlanadi. Demak, O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti hozirgi bozor munosabatlariga o`tish davrida mulkchilik va ko`p ukladlilik xususiyatiga ega hamma qonunga ko`ra fuqarolarga, tashkilotlarga va boshqa mulkdorlarga ularning mulkiy huquqini himoya qilish va ulardan samarali foydalanish uchun teng sharoitlar yaratiladi. Bular O`zbekistonning mavjud barcha potentsialidan foydalanish asosida iqtisodiyotni ko`tarishga ta'sir etuvchi strategik yo`nalish hisoblanadi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling