O’zbekiston respublikasi xalq


Download 1.41 Mb.
bet2/3
Sana19.01.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1101480
1   2   3
Bog'liq
26-мактаб Feruza 0chiq dars. Matematika.3a-sinf

Darsning turi: o`quvchilarning yangi bilim, ko`nikma va malakalarini shakllantiruvchi dars.
Darsning uslubi: tushuntirish, savol-javob, musobaqa, sayohat.
Darsning jihozi: darslik, misol va masalalar yechishga doir ko`rgazmalar, tarqatma materiallar, topshiriqli videolavhalar.

T /r

Dars bosqichlari

Vaqti



1

Tashkiliy qism

3 daqiqa



2

O’tilgan mavzularni takrorlash
( kompyuterda misol ishlash, test)



10 daqiqa



3

Yangi mavzuni bayoni

22 daqiqa



4

Yangi mavzuni mustahkamlash

8 daqiqa

5

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning borishi :

  1. Tashkiliy qism.

  2. O`quvchilar bilan salomlashiladi. Navbatchi axboroti eshitiladi.Davomat aniqlanadi.


Oltin qoidalar
1.Intizom
2.Faollik
3.Qisqa va aniq javob
4.O’ng qo’l qoidasi
5.O’zaro hurmat



K irish suhbati. O`zbekistonning birinchi prezidenti kim ?



ISLOM ABDUG’ANEYEVICH KARIMOV
O`zbekistonning hozirdagi prezidenti kim ?
-Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2018 yilni qanday nomladilar ?
2018- yil-« Faol tadbirkorlik ,innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab quvvatlash yili
O`qituvchi : Biz bugun matematika fanidan ,, Kim g`olib ?’’ musobaqa darsini o`tkazamiz. Sinf o`quvchilarini 3 guruhga bo`lamiz va ularga nom beramiz.
1-guruh : « Zukkolar »
2-guruh : « Topqirlar »
3-guruh : « Epchillar» 
O’qituvchi : Matematika faniga o’z hissalarini qo’shgan buyuk allomalarimiz haqida ma’lumot bering.

Ahmad Al – Farg’oniy
(taxminan 797-865 yillar )
Buyuk astranom, matematik va geograf olim Ahmad Al-Farg’oniy Farg’ona vodiysining Quba (Quva) qishlog’ida tug’ilgan.
Muso Al-Xorazmiy (783-850)
Buyuk matematik, astronom va geograf olim Muso Al-Xorazmiy Xorazm o’lkasida tug’ulib o’sgan. U algebra fani asoschisi bo’lgan.
Abu Rayxon Beruniy (973-1048)
Abu Rayxon Beruniy Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug’ilgan. O’rta asrning qomusiy olimi, fizika, matematika, astronomiya, geografiya, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix kabi fanlarni chuqur bilgan.
Mirzo Ulug’bek (1394-1449)
Mirzo Ulug’bek buyuk astronom, matematik, davlat arbobi. U dunyodagi 7 donishmandlardan biri sanaladi. Uning « Ziji Ko’ragoniy », « To’rt ulus tarixi » asarlari muallifi
1-guruh sardori :
Biz bo`lamiz birinchi,
Qani yetib ko`ringchi.
Dars qilganmiz biz tayyor
Do`stlar bo`lmangiz ayyor.
2-guruh sardori :
Qo`lni qo`lga beramiz,
Bizlar inoq do`stlarmiz.
Biz ham ortda qolmaymiz,
So`nggi o`rin bo`lmaymiz.
3-guruh sardori :
Sanamay sakkiz dema,
O`ylamay o`ttiz.
Bizni chetga surmangiz,
Bellashishdan qo`rqmangiz.
O`qituvchi : O`quvchilar bugungi darsimizga bir sirli mehmon tashrif buyurgan.Hozir men unga ta’rif beraman topasiz.
-O`zbek adibimiz G`ofur G`ulom asari qahramoni, juda shox bola, ochko`z, ,,innay keyin’’ deyaveradigan boyni adabini bergan .
O`quvchilar bu mehmon Shum bola ekanini topadilar.
O`qituvchi: O`quvchilar Shum bola bizdan yordam so`rab kelibdi.U uyidan oyisini xafa qilib chiqib ketgan ekan, uyiga borishi , oyisini xursand qilish uchun hazina topmoqchi bo`libdi. Hazinaga ega bo`lish uchun Bilimlar qasrini qurish kerak ekan.O`quvchilar yordam beramizmi?

Sinf xonaga Shum bola taklif qilinadi.
-Assalomu alaykum o`quvhilar va hurmatli ustoz. Kelinglar menga birgalikda shu qasrni qurishga, uyimga qaytishimga yordam bering.
-Kel .Shum bola , bizning o`quvchilar juda bilimdon, Bilimlar qasrini birgalikda o`z bilimingiz bilan quramiz.
Qasr rasmi bo`laklarga ajratilgan holda bo`ladi. Har bir to`g`ri javob bergan o`quvchilar qasr bo`laklarini joylaydilar.



Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling