O‘zbekiston respublikasi yoshlar ishlari agentligi


MAVZU: YOSHLARNING TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ЭTISHGA KO‘MAKLASHISH VA ULARNING BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI


Download 1.85 Mb.
bet27/56
Sana25.10.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1718711
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56
Bog'liq
YOSHLAR MUAMMOLARINI

MAVZU: YOSHLARNING TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ЭTISHGA KO‘MAKLASHISH VA ULARNING BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI

  1. Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini tashkiliy va huquqiy jihatlari


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil эtishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6208-son Farmoni boʻyicha:

    1. Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularni doimiy ish bilan

bandligini taʻminlash boʻyicha 2021-yil 1-maydan boshlab:
2023-yil 1-yanvargacha ish beruvchilarga (бюджет tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi Davlat бюджетidan toʻliq qaytarib beriladi. Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzlyuksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytariladi;

  • «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilishga zarur boʻlgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda «Yoshlar daftari» jamgʻarmalari hisobidan subsidiya ajratiladi;

  • «Yoshlar daftari»ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulkini ijaraga olishda ijara toʻlovlaridan imtiyozlar taqdim эtiladi.

b) 2021-yil 1-iyundan boshlab:


  • «Yoshlar daftari»ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yosh tadbirkorlarga bir yillik

ijara xarajatlarining 30 foizi, ammo bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha boʻlgan miqdori «Yoshlar daftari» jamgʻarmalari hisobidan kompensatsiya qilinadi;



  • professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish korxonalarida amaliyot oʻtagan vaqtida, biroq olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda professional taʻlim tashkilotlari tomonidan Davlat бюджетi mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida har oylik subsidiya ajratiladi;

AT «Xalq banki», AT «Aloqa bank» va «Mikrokreditbank» ATB tomonidan «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda isteʻmol kreditlari ajratiladi. Bunda, isteʻmol kreditlari boʻyicha foiz toʻlovlari Davlat бюджетidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan kompensatsiya qilinadi;

  • «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumtaʻlim fanlari boʻyicha nodavlat taʻlim tashkilotlarida oʻqish xarajatlarining 50 foizi, umumiy hisobda bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha boʻlgan miqdori va ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlari Yoshlar ishlari agentligiga Davlat бюджетidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan kompensatsiya qilinadi;

«Mehribonlik uyi» tarbiyalanuvchilari hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida oʻqish xarajatlari bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorigacha va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali Davlat бюджетidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.

  1. Download 1.85 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling