O‘zbekiston respublikasi yoshlar ishlari agentligi


Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoit-


Download 1.85 Mb.
bet23/56
Sana25.10.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1718711
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56
Bog'liq
YOSHLAR MUAMMOLARINI

Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoit-


lar yaratish
O‘zbekiston sporti milliy madaniyatimizning uzviy qismi hisoblanadi. U keng xalq ommasini yuksak axloqiy ruhda tarbiyalashda va salomatlig-

ini mustahkamlashda muhim vositalardan biri bo‘lib qoldi. Mamlakatimiz- da yashovchi xalqlar asrlar davomida xilma-xil jismoniy mashqlar va milliy musobaqalar turlarini yaratdiki, bu o‘z navbatida yoshlarning jismoniy va ma’naviy tarbiyasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Ikkinchi tashabbus yuzasidan tayyorlangan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb эtish, sport in- shootlari quvvatini oshirishga qaratilgan dastur loyihasida yaqin ikki yilda har bir tumanda kichik sport zallari qurish belgilandi. Prezident mavjud va yangi quriladigan sport inshootlariga aholi va yoshlarni kengroq jalb эtish, ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishni ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi.


Davlatimiz tomonidan qabul qilingan qarorlarning zamirida sportni rivojlantirishda muhim ahamiyatga эga bo‘ldi. Shuningdek, maktablarda jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirish, aholi o‘rtasida sport madaniyatini yuksaltirish, ommaviy sport targ‘ibotini rivojlantirish tadbirlari ishlab chiqilib, ularni hayotga tatbiq эtishga kirishildi. Xususan, O‘zbekiston televideniyesining 4-kanali Sport kanaliga aylantirilgan. Bolalar sporti uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, sport jurnalistikasi va psixologiyasi mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim tizimini takomillashtirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilgan. Sportchilarni ijtimoiy himoyalash masalalari qonun bilan mustahkamlandi. Sportchilarning ayrim toifalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozli pensiya olish huquqidan foydalanadilar. Sport sohasida juda katta yutuqlarga эrishgan fuqarolar, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan sport murabbiylari, sportchilarni taqdirlash maqsadida bir qancha faxriy unvonlar ta’sis эtildi.
Joriy yilning iyul-avgust oylarida kun chiqar mamlakat Yaponiyada bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarini O‘zbekistonlik sportchilar beshta mukofot bilan yakunladi, ulardan 3 tasi «oltin», 2 tasi «bronza». Umumiy hisobda terma jamoa 17 sport turi bo‘yicha 71 ta лицензияga эga эdi. Medallar jadvalida ham mamlakatimiz mukofotga sazovor bo‘lgan 93 mamlakat orasida 32-o‘rinda, Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi o‘rinda, MDHda Rossiya Federatsiyasidan keyin ikkinchi o‘rinni band qildi. Ushbu holat ham yurtimizda sportga, ayniqsa yoshlarni sportga jalb qilish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilayotganidan dalolat beradi.
Albatta, mamlakatimizda bolalar sportini yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni kuchaytirishda matbuot va ommaviy axborot vositalarining ishtiroki juda muhim. Jumladan, maktab yoshidagi bolalar, ayniqsa, qizlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanishga

keng jalb эtish orqali ularning sog‘ligi va jismoniy rivojlanishida sezilarli o‘sishni ta’minlash borasida o‘ziga xos natijalarga эrishayotgan viloyat, tuman (shahar)lardagi mavjud ilgor tajribalarni ommalashtirishning ahamiyati katta.





    1. Download 1.85 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling