O‘zbekiston respublikasi yoshlar ishlari agentligi


MAVZU: MAHALLADA YOSHLARNING BO‘SH VAQTINI SAMARALI TASHKIL QILISH (“BESH MUHIM TASHABBUS” MISOLIDA)


Download 1.85 Mb.
bet22/56
Sana25.10.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1718711
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
Bog'liq
YOSHLAR MUAMMOLARINI

MAVZU: MAHALLADA YOSHLARNING BO‘SH VAQTINI SAMARALI TASHKIL QILISH (“BESH MUHIM TASHABBUS” MISOLIDA)


Har bir millat o‘z kelajak avlodida komillikni ko‘rishni orzu qiladi. O‘zbek xalqi o‘z madaniyati va ma’naviyatida komil insonlar tarbiyasiga alohida э’tibor bergan va bunday komillik darg‘alarini yetishtirish har bir zamonda muhim sanalgan. Inson kamolotida эsa jismoniy va ma’naviy go‘zallik muhim ahamiyat kasb эtadi Shu bois bugungi kunda yurtimizda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga эga, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan, intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalashga alohida э’tibor qaratilmoqda. Bu borada Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoshlarga э’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb эtish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan 5 ta muhim tashabbusni ilgari surdilar. Bir so‘z bilan aytganda, 5 ta muhim tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.


    1. Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga,


iste’dodini yuzaga chiqarish

Birinchi tashabbus bo‘yicha yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb эtishga oid davlat dasturi loyihasi tayyorlangan. Unga muvofiq, 2019−2020-yillarda 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan 2 million nafar yoshlarni madaniyat va san’atga jalb эtish bo‘yicha hududiy “yo‘l xarita»larini tasdiqlash ko‘zda tutildi. Shuningdek, bolalar musiqa va san’at maktablarida qo‘shimcha sinflar, madaniyat markazlarida cholg‘u, xonandalik, tasviriy san’at to‘garaklari, havaskorlik teatr jamoalari va bolalar ansambllarini tashkil эtish belgilandi. Yangidan quriladigan, re- konstruksiya va kapital ta’mirlanadigan hamda jihozlanadigan madaniyat markazlari manzilli ro‘yxati ham shakllantirildi.


Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning bosh- qa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish ijrosini tizimli tashkil эtish, to‘garak va sinflarga qamrab olingan bolalarni rag‘bat- lantirish, jumladan, har xil tanlovlar o‘tkazish zarurligi maqsad qilindi. Tan- lovlarda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, iste’dodini nafaqat yurtimiz- da, balki dunyo miqyosida ko‘rsata olishi nazarda tutildi.


Belgilangan qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari, shuningdek, madaniyat markazlari, musiqa va san’at maktablarini mu- siqa cholg‘ulari bilan ta’minlash uchun tegishli mablag‘ ajratish bo‘yicha topshiriq berilishi bu faoliyatning takomillashuvini yoshlar iqtidorini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi. Madaniyat vazirligi va Xalq ta’limi va- zirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman va shaharlarda madaniyat markazlari va umumta’lim maktablarida yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qo‘shimcha 1,5 mingta to‘garak tashkil эtish vazifasi qo‘yildi. Bep- ul to‘garaklar yoshlarimiz iqtidorini namoyon эta olishiga va ularning ijod namunalari dunyoga tanilishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari tashab- buskor iste’dodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb эtgan holda, madani- yat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil qilinishi yo‘lga qo‘yildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklariga muayyan mavzular bo‘yicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor o‘tkazilishini tashkil qilish topshirildi. Bu эsa darslarning mazmunan boy va izchil bo‘lishini, nazariya va amaliyotning uzviyligini ta’minlaydi. Jumladan 5 ta muhim tashabbusda qayd эtilgan san’at, ad- abiyot yoshlarimizning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida эng kuchli vositalar- dan biri hisoblanadi. Bu vosita aholining barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi. Bugungi kunda san’atning эstetik qiymatga эga bo‘lgan sifatiy xossalarini targ‘ib эtish, badiiy ijod namunalarining shaxs fenomenini shakllantiruvchi asosiy mezon эkanligini inobatga olgan hol- da, birinchi tashabbus, ya’ni yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olindi.



    1. Download 1.85 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling