Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil эtish
Bu tashabbus — aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlariga oid dastur doirasida so‘nggi yillarda tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalar, o‘quv markazlari tashkil эtish va ularga bepul ta’lim berish, 19 mingga yaqin ijtimoiy soha obyektini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulashni ko‘zda tutmoqda. Aholining kompyuter savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalariga qiziqqan bolalarni to‘g‘ri yo‘naltirib, ularni malakali mutaxassis darajasiga olib chiqish, dasturiy mahsulotlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda yoshlarni internet saytlaridagi axloq normalari va ma’naviyatimizga zid bo‘lgan, shuningdek, ijtimoiy-ma’naviy hayotimizga tahdid soluvchi axborotlar oqimidan himoyalashda san’at, adabiyot, sportga bo‘lgan mehrini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanish, yot g‘oyalarga nisbatan immunitetni shakllantirish hozirgi kunda har birimizning vatanparvarlik burchimizdir. Insoniyat yangi tamaddunga qadam qo‘yganini har nafasda his qilmoqdamiz.
Butun dunyoda qadriyatlar almashishi, integratsiyalashuv, globallashuv, agar ta’bir joiz bo‘lsa, madaniyatlar aralashuvi, sintezlashuvi jarayoni kechayotgan hozirgi paytda o‘zga urf-odatlarga, ma’naviy tamoyillarga moyil bo‘lishi tabiiy hol. Bugungi globallashuv davrida axborot tarqatish nihoyatda zamonaviy qiyofaga kirdi. Internet tarmog‘ining jadal rivojlanishi jamiyat hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi. Odamlar ish kunini internetdan boshlab, u bilan tugatadigan bo‘lib qoldi. Ko‘plab tadqiqotchilar istilohlarida kishilar ongini programmalashtirish, axborot эkspansiyasi, madaniy gegemonlik, madaniy imperializm kabi iboralar qo‘llanmoqda. Ushbu jarayon nafaqat kattalarga, hatto bolalar psixologiyasiga ham ta’sir qiladi.
Yoshlarimiz orasida kibersport, o‘yinlar tahlilidan tortib, коммуникация strategiyasini ishlab chiqishgacha bo‘lgan jarayonlar, aqliy rivojlanishning ta’sirchan vositasi sanaluvchi robototexnika, mobil ilovalar ishlanmalari
bilan shug‘ullanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar hamda sun’iy idrok (intellekt) loyihalariga qiziquchilargi kun sayin ortib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |