Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining asosiy mazmunini:
Конституциon burchini tushuntirish;
mamlakat mudofaasini kelgusida kuchaytirish masalalari boʼy- icha Hukumat qarorlari bilan tanishtirish;
davlatning Qurolli Kuchlari bilan hal qilinadigan masalalar, ularn- ing vazifasi va xususiyatlarini tushuntirish;
O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risi”gi Qonuni, Mudofaa doktrinasi, Harbiy qasamyod va Umumharbiy nizomlarning taalluqli qismini o‘rgatish;
yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashning maqsad va vazifalari, asl mohiyatini tushuntirish;
ajdodlar merosi, buyuk, mard va jasur ota-bobolarimizning jang- ovar anʼana va udumlarini targ‘ibot qilish kabilar ochib beradi.
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi – o‘za- ro aloqador, bir-birini to‘ldiruvchi va hamkorlikda olib boriladigan siyo- siy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-mafkuraviy va madaniy-maʼrifiy tadbirlar majmuasidan iborat.
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarining asosiy subyektlarini quyidagilar tashkil эtadi:
davlat boshqaruvi organlari;
jamoat birlashmalari;
mahalliy davlat hokimiyati organlari;
ommaviy axborot vositalari;
harbiy boshqaruv organlari;
maktabgacha taʼlim, umumiy o‘rta taʼlim va oliy taʼlim muassasalari;
madaniyat muassasalari (teatr, muzey, kinoteatr, kutubxona, istiro- hat bog‘lari, tarixiy obidalar);
sport muassasalari (stadion, kort, maydon va majmualar);
bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari;
milliy va umumbashariy qadriyatlar, madaniyat, adabiyot, sanʼat.
Do'stlaringiz bilan baham: |