Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari bosqichlari
Birinchi bosqich (3-7 yoshdagilar) atrofdagi olam, Vatan haqida dastlabki tasavvurlar paydo bo‘ladigan bosqich hisoblanib, unda oila va maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha sheʼrlar, qo‘shiqlar o‘rgatish, эrtak va hikoyalar aytib berish, rasmlar chizdirish, harbiy muzeylar va madaniyat va istirohat bog‘lariga эkskursiyalar, sport musobaqalari tashkil эtish, davlat ramzlari (bayroq, gerb, madhiya) bilan tanishtirish asosida ularda ona-yurtga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishni o‘z ichiga oladi;
ikkinchi bosqichda (7-16 yoshdagi bolalar) o‘quvchilarning Vatan- ga muhabbati va sadoqatini mustahkamlash, Ona-yurt oldidagi farzandlik burchini yuksak masʼuliyat bilan bajarish, ularda Qurolli Kuchlarimizga bo‘lgan ishonch va ijobiy fikrlarni yanada kuchaytirish, harbiy xizmat nu-
fuzini oshirish, yoshlarning jismonan sog‘lom, maʼnaviy yetuk, mustaqil fikr yuritadigan barkamol inson sifatida shakllantirish kabi эzgu ishlarga daʼvat эtiladi.
Uchinchi bosqich (16-18 yoshdagi o‘smirlar) yoshlarda Vatanga va uning himoyasi uchun munosib xizmat qilishga ruhan va jismonan tayyorli- kni taʼminlashga yo‘naltiriladi. Milliy armiyamiz uchun jismonan baquvvat va maʼnan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmatning ahamiyati, Qurolli Kuchlar- da olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berib boriladi.
To‘rtinchi bosqich (18-30 yoshdagilar) yoshlarning jismoniy va maʼnaviy qobiliyati, yetakchilik ko‘nikmalari va intellektual salohiyati, pro- fessional malakasini oshirish, эgallagan kasbiga sadoqati va fidoyiligi bi- lan Vatan ravnaqi va yurt taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shish va bunga эrishishni nazarda tutadi.
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning shakl va uslublari
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy shak- llariga: maʼruza, suhbat, uchrashuv, jonli muloqot, mavzuviy, badiiy va madaniy kechalar, концерт, ko‘rgazmali chiqish, эkskursiya, ziyorat, marafon, festival, акция, harbiy-sport o‘yinlari, musobaqa, ko‘rgazma, taqdimot, tanlov, viktorina, seminar, конференциya, davra suhbati, hujjatli va badiiy filmlar, maxsus ko‘rsatuv, roliklar namoyishi va boshqalar kiradi. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy maʼnavi- yatimizga uyg‘un, sinovdan o‘tgan hamda ilmiy asosga эga uslublarni qo‘llash ijobiy ahamiyat kasb эtadi, bular: targ‘ibot, ishontirish, inontirish, shaxsiy namuna, mashq qildirish, rag‘batlantirish, o‘z-o‘zini tanqid qilish
kabilardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |