“Xatar guruhi”ga mansub (huquqbuzarlikka moyil, profilaktik hisobda turgan) yoshlar bilan ishlash yoʻnalishida
Mahalladagi jinoyat sodir эtishga moyil, tarbiyasi ogʻir yoshlarning roʻyxatini shakllantirish.
Yoshlarni yot gʻoyalar ta’siriga tushib qolish tahdidlaridan ogoh qilishga qaratilgan profilaktik ma’rifiy, tarbiyaviy chora-tadbirlarni tashkil эtish.
Tuman ichki ishlar boʻlimlari va yoshlar bilan ishlovchi masʻul tashkilotlar oʻrtasida jinoyatlar boʻyicha kunlik ikki tomonlama axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.
Yoshlarning huquqiy bilimi va savodxonligini rivojlantirish boʻyicha muntazam ravishda ma’rifiy tadbirlar tashkil эtib turish.
Jinoyatlarning kelib chiqishning bosh sababi – ijtimoiy va iqtisodiy эhtiyojlarning ortib borishi, moddiy yetishmovchilik boʻyicha mas’ul vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari bilan muntazam ravishda aniq va yakdil mexanizmga asoslangan hamkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
Mahallada jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish yuzasidan izchillik bilan faoliyat olib borish hamda yoshlar oʻrtasida sodir эtilgan jinoyatlar muhokamasini samarali tashkil эtish.
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar boʻyicha mahallada amalga oshirilayotgan ishlarni OAVda muntazam yoritib borish.
Profilaktik nazorat roʻyxatiga olingan yoshlarni doimiy nazorat qilib borish va uning samaradorligini oshirish choralarini koʻrish.
Yoshlar oʻrtasida shukronalik tuygʻusini shakllantirish boʻyicha
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam ravishda tashkil эtib borish.
Mahalladagi oilalarda “Oʻz bolangni oʻzing asra!” shiori ostida ota- ona nazorati va bola tarbiyasiga doir konstruktiv suhbatlar tashkil эtish.
Quyidagi toifa vakillari bilan yakka tartibda ishlashga alohida э’tibor
qaratish:
Do'stlaringiz bilan baham: |