Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yoʻnalishida
Yoshlarni milliy gʻoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch эkanini chuqur singdirish.
Qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yoʻlida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib boʻlish tuygʻusini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga boʻlgan ishonchni kuchaytirish.
Milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir Oʻzbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch эkanini tushuntirish.
Mamlakatimizda Qurolli Kuchlar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini targʻib qilish va yoshlar oʻrtasida harbiylik kasbiga hurmat va э’tiborni yanada kuchaytirish.
Maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy oʻrta taʻlim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik лицей oʻquvchilari ishtirokida sport oʻyinlarini tashkil эtish.
Yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda roʻy berayotgan siyosiy- ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish koʻnikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish.
Har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish, zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga эga yoshlarni tarbiyalash.
Oʻzbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning
barcha jabhalarida himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi boʻlish
— bu bugungi kun talabi эkanini hayotiy misollar va ta’sirchan vositalar
orqali yoshlar ongiga singdirib borish.
Navoiy viloyati misolida
(2021-yil 1-iyul holatida)
Do'stlaringiz bilan baham: |