O‘zbekiston respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/29
Sana22.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1219900
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
VI. Bolalarni tashish 
38. Bolalarni (16 yoshgacha bo‘lgan) tashishni tashkil etish Avtomobil transportida 
yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalariga hamda mazkur Talablarga muvofiq ravishda amalga 
oshiriladi. 
39. Bolalarni avtobuslarda tashish sutkaning yorug‘ paytida yaqin masofani yoritadigan 
chiroqlar yoqilgan holda amalga oshirilishi kerak. Harakat tezligi yo‘l, meteorologiya va boshqa 
sharoitlarga ko‘ra haydovchi (kuzatib borilganda — uning ta’minlanishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs) 
tomonidan tanlanadi. Bunda barcha hollarda harakat tezligi soatiga 60 kilometrdan oshmasligi kerak. 
40. Sayohat-ekskursiyalarga olib borishga va bolalarni tashishga bir martalik buyurtmalarga 
shartnomalar tashuvchilar tomonidan guruhga o‘qituvchilar yoki maxsus tayinlangan katta yoshdagi 
kishilar hamkorlik qilishi sharti bilan tuziladi. Avtobuslar kolonnasi bilan tashilayotgan bolalarga 
hamrohlik qilish uchun tibbiy xodimlar ajratish to‘g‘risidagi masala joylarda sog‘liqni saqlash 
organlari tomonidan qabul qilinadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Bolalar, umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilarining 
ekskursiya qilish, turistik-ekskursiya qilish safarlarini tashkil etish uchun ta’lim muassasasi 
ma’muriyati (tashkilotchi) jo‘nab ketish sanasini, yo‘nalishni va jo‘nab ketuvchilar sonini ko‘rsatgan 
holda tegishli ravishda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga yoki o‘rta maxsus ta’lim boshqarmasiga 
murojaat qiladi.


Bolalar, umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilarining 
ekskursiya qilish, turistik va boshqa guruhlari jo‘nab ketishi to‘g‘risida qarorlar qabul qilish, qoidaga 
ko‘ra, jo‘nab ketish sanasigacha 3 sutkadan kechikmay qabul qilinadi.
Jo‘nab ketish uchun tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi yoki o‘rta maxsus ta’lim 
boshqarmasining ruxsatnomasi olingandan keyin ta’lim muassasasi ma’muriyati (tashkilotchi) 
tashuvchi bilan shartnoma tuzadi.
Ta’lim muassasasi ma’muriyati (tashkilotchi) tashuvchi bilan shartnoma tuzilganidan keyin 
jo‘nab ketish sanasigacha uch ish kunidan kechikmay harakatlanish sanasi va qatnov yo‘lini, 
shuningdek, barcha yo‘lovchilar ro‘yxatini, avtobuslar to‘g‘risidagi (mansubliligi, markasi, davlat 
ro‘yxatdan o‘tkazish raqami belgisi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda hamrohlikni tashkil 
etish uchun buyurtmanomani O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati 
xavfsizligi davlat xizmatiga kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati 
tomonidan boriladigan qatnov yo‘lida ob-havo yoki yo‘l sharoitlarining nomuvofiqligi, shu jumladan, 
borish punktiga harakatlanishda cheklanishlar mavjudligi, shuningdek, transport vositalari va 
haydovchilar malakasining yo‘l harakati xavfsizligi talablariga nomuvofiqligi holatlarida hamrohlik 
qilish rad etilishi haqida qaror qabul qilinishi mumkin. 
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-maydagi 424-sonli 
qaroriga 
asosan ikkinchi — oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 23.05.2019-y., 09/19/424/3170-son)
41. Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni shaharlararo sayohat-ekskursiyalarga olib borish 
taqiqlanadi. 
42. Qishloq joylarda muntazam ravishda bolalarni avtobuslarda tashishni tashkil etishda 
tashuvchilar: 
bolalarni borish joyiga o‘z vaqtida yetkazishni ta’minlovchi maxsus qatnovlarni nazarda 
tutishga, ushbu qatnovlar ko‘p bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka majburdir. Bunday tashishlar 
bajarilishini, avtomobil yo‘llari holatini, bolalarni tushirish va chiqarish punktlarini muntazam 
nazorat qilishga; 
yo‘nalishlarda bolalarni tashiyotgan avtobuslarning o‘tish vaqti ko‘rsatilgan maxsus to‘xtash 
belgilari o‘rnatishga majburdir. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling