O‘zbekiston respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida


II. Avtobusda yo‘lovchilar tashishni tashkil etishda haydovchilarga qo‘yiladigan talablar


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/29
Sana22.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1219900
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
II. Avtobusda yo‘lovchilar tashishni tashkil etishda haydovchilarga qo‘yiladigan talablar 
9. Yo‘lovchilar tashishga mo‘ljallangan avtobuslarni boshqarishga tegishli toifaga 
(malakaga) ega bo‘lgan, 21 yoshga to‘lgan va tibbiy ko‘rikdan o‘tgan haydovchilar qo‘yiladi. 
10. Shaharlararo, tog‘ yo‘nalishlariga, shuningdek bir martalik buyurtmalar bo‘yicha 
sayyohat-ekskursiya tashishlariga va bolalarni tashishga keyingi uch yilda avtobus haydovchisi bo‘lib 
ishlayotgan haydovchilar qo‘yiladi.
11. Xalqaro yo‘nalishlarga keyingi uch yilda avtobus haydovchisi bo‘lib ishlayotgan va 
xalqaro avtomobillarda yo‘lovchilar tashish sohasida kasb vakolati to‘g‘risida guvohnomaga ega 
bo‘lgan shaxslar qo‘yiladi.
12. Avtobusning haydovchisi DST 974/2000 O‘zbekiston Davlat standartlari talablariga
Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak. 
III. Avtobuslarning texnik holati va ulardan foydalanish 
13. Avtobuslarning texnik holati va ularning jihozlari tegishli standartlar talablariga, texnik 
foydalanish qoidalariga, avtomobil transporti harakatdagi qismiga texnik xizmat ko‘rsatish va uni 
tuzatish to‘g‘risidagi Nizomga, tayyorlovchi korxonalarning yo‘riqnomalariga va boshqa normativ-
texnik hujjatlarga javob berishi kerak. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Tungi vaqtlarda viloyatlararo, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar, turistik yo‘nalishning 
qatnov yo‘li sxemalari bo‘yicha harakatlanayotgan avtobuslarga hamrohlik qilishni tashkil etish 
uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati 
bo‘linmalarini yoki xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalarini xabardor qilish tashuvchi tomonidan 
jo‘nab ketishdan kamida 12 soat oldin amalga oshiriladi. 
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-maydagi 424-sonli 
qaroriga 
asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
23.05.2019-y., 09/19/424/3170-son)
14. I—III toifadagi avtomobil yo‘llarida barcha tur va rusumdagi avtobuslar ishlashiga 
ruxsat beriladi. 
IV-V toifadagi avtomobil yo‘llarida o‘q nagruzkasi 6 tonnagacha bo‘lgan avtobuslar 
ishlashiga ruxsat beriladi. 
15. Tog‘ yo‘nalishlarida va ularga tenglashtirilgan yo‘nalishlarda foydalanadigan avtobuslar 
oldingi tumanga qarshi chiroqlar va orqa chiroqlar, g‘ildirakning ostiga tashlash uchun kamida 2 ta 
tayanchga ega bo‘lishi kerak. 
Sayohat-ekskursiyalarga ajratilgan avtobuslarning old tomonida “sayohatchi” va 
“ekskursiya” degan ko‘rsatkich, bir martalik buyurtmalar bo‘yicha maxsus tashishlar uchun esa 
“buyurtma” degan ko‘rsatkich o‘rnatiladi. 
Bolalarni tashiydigan barcha avtobuslarda yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan tanitish 
belgisi o‘rnatilishi kerak. 
Yo‘lovchilarni shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro tashuvchi avtobuslar servis ustaxonasi 
plombasi bo‘lgan nazorat priborlari (taxograf) bilan jihozlangan, xalqaro tashishlarda esa 
O‘zbekiston Respublikasining tanitish belgisiga ham ega bo‘lishlari kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang. 
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 29-
maydagi 98-son 
qaroriga 
muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
to‘plami, 2006-y., 22 -son, 1941-modda) 



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling