O‘zbekiston respublikasida avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/29
Sana22.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1219900
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
3-§. E’tirozlar, da’volar
123. Yo‘lovchilar va bagajni tashish jarayonida paydo bo‘ladigan e’tirozlar tashuvchiga 
jo‘nash yoki yetib kelish manzilida e’tiroz bildiruvchining xohishi bo‘yicha berilishi mumkin. 
E’tiroz arizalariga e’tirozni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak. 
124. Tashuvchiga e’tirozlar 6 oy mobaynida, jarimalar to‘lash to‘g‘risidagi e’tirozlar esa 45 
kun mobaynida berilishi mumkin. 
Ko‘rsatilgan muddatlar: 
a) bagajning buzilganligi, shikastlanganligi yoki kamomadi uchun to‘lovlar to‘g‘risidagi 
e’tirozlar bo‘yicha — bagaj berilgan kundan
b) bagaj yo‘qolganligi uchun zararni qoplash to‘g‘risidagi e’tirozlar bo‘yicha — bagaj 
yetkazib berilgan muddatlar tugagandan 10 kundan keyin
v) qolgan barcha holatlarda — e’tiroz bildirish uchun asos bo‘ladigan voqealar bo‘lgan 
kundan boshlab hisoblanadi. 
125. Tashuvchi e’tiroz olingan kundan boshlab quyidagi muddatlarda: 
a) avtomobil qatnovidagi tashishlardan paydo bo‘ladigan e’tirozlar bo‘yicha — 3 oy 
mobaynida; 
b) to‘g‘ri, aralash qatnovlarda paydo bo‘ladigan e’tirozlar bo‘yicha — 6 oy mobaynida
v) jarima to‘lash to‘g‘risidagi e’tirozlar bo‘yicha — 45 kun mobaynida bildirilgan e’tirozni 
ko‘rib chiqishi va uning qanoatlantirishi to‘g‘risida arizachiga xabar berishi shart. 
E’tirozlar qisman qanoatlantirilganda yoki rad etilganda, tashuvchi bu haqdagi 
bildirishnomada qabul qilingan qarorning sababini ko‘rsatishi hamda e’tirozlarga ilova qilingan 
hujjatlarni ariza beruvchiga qaytarishi kerak. 
E’tirozlar to‘liq summada qanoatlantirilganda arizaga ilova qilingan hujjatlar qaytarilmaydi. 
126. Yo‘lovchilar va bagajni tashishdan kelib chiqadigan da’volar sudga berilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 
2003-yil 4-noyabrdagi
482-son 
qaroriga
 
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir 
TALABLAR

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling