3-§. E’tirozlar, da’volar
123. Yo‘lovchilar va bagajni tashish jarayonida paydo bo‘ladigan e’tirozlar tashuvchiga
jo‘nash yoki yetib kelish manzilida e’tiroz bildiruvchining xohishi bo‘yicha berilishi mumkin.
E’tiroz arizalariga e’tirozni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak.
124. Tashuvchiga e’tirozlar 6 oy mobaynida, jarimalar to‘lash to‘g‘risidagi e’tirozlar esa 45
kun mobaynida berilishi mumkin.
Ko‘rsatilgan muddatlar:
a) bagajning buzilganligi, shikastlanganligi yoki kamomadi uchun to‘lovlar to‘g‘risidagi
e’tirozlar bo‘yicha — bagaj berilgan kundan;
b) bagaj yo‘qolganligi uchun zararni qoplash to‘g‘risidagi e’tirozlar bo‘yicha — bagaj
yetkazib berilgan muddatlar tugagandan 10 kundan keyin;
v) qolgan barcha holatlarda — e’tiroz bildirish uchun asos bo‘ladigan voqealar bo‘lgan
kundan boshlab hisoblanadi.
125. Tashuvchi e’tiroz olingan kundan boshlab quyidagi muddatlarda:
a) avtomobil qatnovidagi tashishlardan paydo bo‘ladigan e’tirozlar bo‘yicha — 3 oy
mobaynida;
b) to‘g‘ri, aralash qatnovlarda paydo bo‘ladigan e’tirozlar bo‘yicha — 6 oy mobaynida;
v) jarima to‘lash to‘g‘risidagi e’tirozlar bo‘yicha — 45 kun mobaynida bildirilgan e’tirozni
ko‘rib chiqishi va uning qanoatlantirishi to‘g‘risida arizachiga xabar berishi shart.
E’tirozlar qisman qanoatlantirilganda yoki rad etilganda, tashuvchi bu haqdagi
bildirishnomada qabul qilingan qarorning sababini ko‘rsatishi hamda e’tirozlarga ilova qilingan
hujjatlarni ariza beruvchiga qaytarishi kerak.
E’tirozlar to‘liq summada qanoatlantirilganda arizaga ilova qilingan hujjatlar qaytarilmaydi.
126. Yo‘lovchilar va bagajni tashishdan kelib chiqadigan da’volar sudga berilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 4-noyabrdagi
482-son
qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir
TALABLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |