O‘zbekiston respublikasida chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘G‘risida


Chorva mollarini saqlash va parvarishlashning sifatini oshirish hisobiga mahsuldorlikni ko‘paytirish


Download 54.54 Kb.
bet12/21
Sana11.02.2023
Hajmi54.54 Kb.
#1188541
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
prezdent farrmonlari

3. Chorva mollarini saqlash va parvarishlashning sifatini oshirish hisobiga mahsuldorlikni ko‘paytirish

27.

Avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan chorvachilik xo‘jaliklarida “Smart animal farm” raqamli dasturida ishlovchi texnik xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘qitishni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

28.

Chorvachilik sohasiga oid texnologik, marketing, iqtisodiy, ilmiy va amaliy foydali ma’lumotlarning tezkor axborot almashinuviga doir “Chorva” mobil ilovasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-may

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

29.

Ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida chorvachilik xo‘jaliklari bilan chorvachilik sohasiga aloqador ilmiy-tadqiqot muassasalari, o‘quv maskanlari va laboratoriyalar o‘rtasidagi integratsiyani onlayn tarzda yo‘lga qo‘yish maqsadida “Chorva masofaviy xizmat” dasturini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2022-yil 1-iyul

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan texnologik uskunalar va jihozlar bilan chorvachilik fermer xo‘jaliklarini ta’minlash va ularga qulay bozor sharoitlarini yaratib berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

31.

Xalqaro talablardan kelib chiqib, chorvachilik xo‘jaliklarida Global GAPNACCP va boshqa milliy hamda xalqaro miqyosdagi standartlarni joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

32.

Chorva mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasida integratsiyani kuchaytirish va sifat xavfsizligi barqarorligini ta’minlash maqsadida “Fermadan dasturxongacha” tamoyilini joriy etish.

Chora-tadbirlar dasturi

2022-yil 1-aprel

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar


Download 54.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling