4. Parrandachilik tarmog‘ini rivojlantirish istiqbollarini belgilash
33.
|
Parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish, ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda parrandachilik klasterlarini tashkil qilish va innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-may
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“Parrandasanoat” uyushmasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
34.
|
Parrandachilik mahsulotlari turlarini ko‘paytirish va bozor munosabatlarini yanada kuchaytirish maqsadida parrandachilikning kurkachilik, bedanachilik, g‘oz va o‘rdakchilik hamda tuyaqushchilik yo‘nalishlarining ommaviyligini oshirish choralarini ko‘rish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-may
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“Parrandasanoat” uyushmasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
35.
|
Aholi xonadonlarida parranda go‘shti va tuxumga bo‘lgan ehtiyojlarni yanada barqaror ta’minlash maqsadida xonaki parranda turlarini qishloq joylarida ko‘paytirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2022-yil 1-may
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“Parrandasanoat” uyushmasi
|
36.
|
Parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish maqsadida ozuqa qo‘shimchalari, vitaminlar, veterinariya dori-darmonlari va dezinfeksiyalash vositalari, parrandachilik sohasida qo‘llaniladigan asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish.
|
Takliflar ishlab chiqish
|
2022-yil 1-avgust
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“Parrandasanoat” uyushmasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
37.
|
Parrandachilik tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish orqali parrandachilik mahsulotlarini, shu jumladan, ozuqa ishlab chiqarish, parranda chiqindilarini qayta ishlash, iste’molga tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksport geografiyasini kengaytirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
Doimiy ravishda
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“Parrandasanoat” uyushmasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
|