7. Quyonchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish hamda kooperatsiya tizimi asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish
48.
|
Quyon boqishni ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish maqsadida respublika hududlarida quyonchilik naslchilik xo‘jaliklarini tashkil etish va naslli quyonlar bosh sonini ko‘paytirish choralarini ko‘rish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-aprel
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“O‘zbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar” uyushmasi
|
49.
|
Go‘sht yo‘nalishidagi quyon zotlarini mahalliy sharoitga moslashtirish va ixtisoslashgan quyonchilik bo‘rdoqichilik xo‘jaliklarini tashkil etish hisobiga kooperatsiya tizimini joriy etish va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish choralarini ko‘rish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-may
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“O‘zbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar” uyushmasi
|
50.
|
Ilm-fan va ishlab chiqarishni tizimli asosda uzviy integratsiyalashtirish, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga �eng joriy etish, quyonchilik tarmog‘ida yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojni hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
Doimiy ravishda
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“O‘zbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar” uyushmasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
51.
|
Uy sharoitida quyon boqish va quyonlarni oziqlantirishning iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lgan uslublarini ishlab chiqish va ommaviylashtirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
Doimiy ravishda
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“O‘zbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar” uyushmasi
|
52.
|
“Quyonchilik maktabi” va ilmiy-maslahat markazlarini tashkil etish, sohaga ilg‘or xorijiy tajribalar, ilmiy va innovatsion ishlanmalarni joriy qilish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2022-yil 1-iyul
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“O‘zbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar” uyushmasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
53.
|
Quyonchilik sohasida seleksiya-naslchilik ishlarini takomillashtirish va sun’iy urug‘lantirishni rivojlantirishga yo‘naltirilg�n ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
Doimiy ravishda
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“O‘zbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar” uyushmasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
|