V. Chorvachilik sohasida ilm-fanni rivojlantirish va ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini takomillashtirish
66.
|
Chorvachilik sohasidagi ilmiy loyihalar uchun grant mablag‘larini taqsimlash tizimini yo‘lga qo‘yishda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlik o‘rnatish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2022-yil 1-aprel
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
67.
|
Bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqib, tarmoqlarga oid xo‘jalik yuritishning zamonaviy boshqaruvini tashkil etish, uning iqtisodiy samarasini oshirish, marketing tadqiqotlarini kuchaytirish va logistikani takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
Doimiy ravishda
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
68.
|
Chorvachilik sohasida ilm-fanni rivojlantirish, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni chuqurlashtirish uchun mahalliy grant mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
Doimiy ravishda
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
69.
|
Xalqaro fondlar va moliya institutlari ishtirokida (FAO, UNDP, MASNAV, WORLD BANK, ICBA, GIZ) chorvachilik sohasini qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan dasturlarni ishlab chiqish hamda bunda ilm-fan va ta’lim muassasalari ishtirokini kengaytirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2022-yil 1-oktabr
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
70.
|
Chorvachilik sohasi doirasida xizmatlar va axborot-maslahat (extension) markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish va muvofiqlashtirishni tashkil etish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
Doimiy ravishda
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
|
|